3 ma’ruza mavzu: Oddiy deformatsiyalarda ikf ni aniqlash va ularning epyuralarini qurish


Egilishdagi ichki kuch faktorlari omillari (IKF) va ularni


Download 86.77 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi86.77 Kb.
#1177103
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.3. Egilishdagi ichki kuch faktorlari omillari (IKF) va ularni
aniqlash
Tekis ko‘ndalang egilishda balka ko‘ndalang kesimlarida hosil bo‘luvchi ichki zo‘riqish kuchlari bitta bosh vektor (Qy) va bitta bosh momentga (Mx) keltiriladilar (bundan keyingi hollarda ularning indekslarini tushirib yozamiz). Ularni aniqlash uchun kesish usulidan foydalanamiz.
Kuchlar sistemasi bilan yuklangan konsol balkaning chap uchidan Z masofada o‘tuvchi tekislik bilan balkani xayolan kesaylik (3.3 - shakl,a).
Aytaylik, balkaning o‘ng qismini tashlab yuborib, chap qismining muvozanatini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun olib qolingan chap qism muvozanatini tiklash maqsadida tashlab yuborilgan o‘ng qism ta’sirini ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchilari ko‘ndalang kesuvchi kuch Q va eguvchi moment M bilan almashtiramiz (3.3 - shakl,b). Endi muvozanat tenglamalarini tuzamiz.
U=0; Р12-Q=0; bundan Q=Р12.

Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi ko‘ndalang (kesuvchi) kuch balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlarning balka vertikal o‘qiga proektsiyalarining algebraik yig‘indisiga teng.


bundan
Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlardan ko‘rilayotgan kesim markaziga nisbatan olingan momentlarning algebraik yig‘indisiga teng.


3.3 - shakl.
Ko‘ndalang kuch va eguvchi moment tenglamalarini tuzishda ishoralashning quyidagi qoidalariga rioya qilish kerak.
Ko‘rilayotgan kesimdan chap tomonda joylashgan pastdan yuqoriga yo‘nalgan tashqi kuchlar ko‘ndalang kuch tenglamasiga musbat ishora bilan kiritiladi (3.4 - shakl,a) va aksincha (3.4 - shakl,b).
Ko‘ndalang kuch ishorasini quyidagi belgi bo‘yicha ham aniqlash mumkin: balka ko‘rilayotgan qismini kesim markaziga nisbatan soat strelkasi yurishi bo‘yicha burishga intiluvchi kuchlar (3.4 - shakl,a) tenglamaga musbat ishora bilan kiritiladilar va aksincha (3.4 - shakl,b).










3.4 - shakl.




3.5 - shakl.

Agar ko‘rilayotgan kesimdan chapdagi kuch soat strelkasi harakati yo‘nalishida moment bersa, o‘ng tomondagi moment soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda bo‘lsa (3.5 - shakl,a) bu kuch momenti musbat ishoralanadi va aksincha (3.5 - shakl,b).
(3.5 - shakl,a) dan ko‘rinadiki, musbat ishorali eguvchi momentlar ta’sirida balka qismi qavariq tomoni bilan pastga egiladi va aksincha (3.5 - shakl,b) .
Q va M ishoralari. Quyidagi jadvalda keltirilgan
3.1 – jadval.

Kesim chapda

Ishoralar

Kesim o‘ngda

Ishoralar



+Q

- M



- Q

- M



+Q

- M



- Q

- M



Q=0

- M



Q=0

+M

Nazorat savollari





  1. Bo‘ylama kuchning fizik ma’nosini tushuntiring.

  2. Bo‘ylama kuch tenglamasi qanday tuziladi? Bunda ishoralar tartibi qanday?

  3. Bo‘ylama kuch epyurasi nima?

  4. Bo‘ylama kuch epyurasining to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

  5. Burovchi moment epyurasi nima?

  6. Burovchi moment tenglamasi qanday tuziladi? Bunda ishoralash tartibini tushuntiring.

  7. Burovchi momentlar epyurasining to‘g‘riligini qanday tekshirish mumkin?

  8. Kesimdagi ko‘ndalang (kesuvchi) kuch nima va u qanday topiladi?

  9. Ko‘ndalang kuching miqdor va ishoralari qanday qoidalarga binoan aniqlanadi?

  10. Balka ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment qanday topiladi?

  11. Balka ixtiyoriy ko‘ndalang kesimidagi eguvchi moment tenglamasi qanday tuzilishini tushuntiring.

Download 86.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling