3-Ma’ruza Mavzu: O’lchov qurilmalari xaqida umumiy tushuncha
- rasm. O‘lchov asbobi — shkalasi
Download 434 Kb.
|
3-Ma\'ruza tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 .2- rasm. Shkalalar
3.1- rasm. O‘lchov asbobi — shkalasi.
Ko‘rsatuvchi analog o‘lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) ko‘rsatkichdan tuzilgan. 3.1- rasmda o‘lchov asbobining shkalasi ko‘rsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi. O‘zgarmas bo‘linmali va o‘zgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari o‘lchov asbobining ko‘rsatishlari deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning shkalada ko‘rsatilgan eng kichik kiymati shkalaning boshlang‘ich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati deyiladi. Shkalaning uning boshlang‘ich va oxirgi kiymatlari bilan chegaralangan kiymatlari soxasi (oralig‘i) ko‘rsatuvlar diapazoni deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar normalangan qiymatlari sohasi o‘lchov asbobi yeki o‘lchov o‘zgartkichining o‘lchov diapazoni deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o‘lchov diapazoni bilan ko‘rsatuvlar diapazoni moc keladi. O‘lchov diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchov chegaralari deyiladi. Shkaladan sanoq olishda shkala qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Shkalalarda belgilar to‘g‘ri chiziq buylab yoki yassi yoxud silindrsimon sirtdagi aylana yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. 1.2-rasmda o‘lchov asboblari shkalalarining eng ko‘p uchraydigan turlari ko‘rsatilgan . 3.2- rasm. Shkalalar: а — to‘g‘ri chiziqli; б — yoysimon (yoy burchagi 180° gacha); в —yassi; г — yoysimon (yoy burchagi 180° dan yuqori), д — silindrsnmon. Agar shkala nol belgisiga ega bo‘lmasa, u nolsiz shkala deyiladi (masalan, ko‘rsatuvlar chegarasi 200 dan 400° С gacha bo‘lgan termometr). Download 434 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling