3-Ma’ruza Mavzu: O’lchov qurilmalari xaqida umumiy tushuncha


Zichlikni o’lchash qurilmalari


Download 0.8 Mb.
bet5/6
Sana23.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1223588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza tayyor

5. Zichlikni o’lchash qurilmalari
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi

bu yerda — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°С) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
ρ20t[1-β(20-t)] ,
bu yeda pt —suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m3; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffitsiyenti, 1/°С; t —suyuqlikning harorati, °С.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi.

Radioizotopli zichlik o‘lchash vositalari.
R adioizotopli zichlik o‘lchagichlarning ishlash prinsipi radioaktiv manba j- nurlarining suyuqlikdan o‘tishida yutilishiga asoslangan. Bular suspenziya, pulpa, agressiv va katta bosimli suyuqliklarning zichligini o‘lchashda ishlatilishi mumkin. O‘lchash vositalari o‘lchanayotgan muhit bilan kontaktsiz bog‘langan. Bu esa bunday asboblarning afzalligiga kiradi.
radioizotopli zichlik o‘lchagichining o‘lchash chegarasi 600÷2000 kg/m3, asbobning o‘lchash xatoligi ±2%.

Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orkali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat kiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi.


O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maksadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash asbobni tekshirish deb atala­di.
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling