Reja:
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi.
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi.
Mikroprotsessorlarning turlari.
Tayanch so‘zlar: Dastur, hardware, software, interfeys, controller, adapter.
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi
Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bо‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qо‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi obyektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qо‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina о‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab о‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.
Kompyuterning tuzilishi – kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bо‘yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga о‘rnatiladigan yoki qо‘lda olib yuriladigan EHM.
SHK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yakka xaridor imkoni doirasidagi mо‘tadil narxi;
atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qо‘yilmagan tarzda muxtor ishlashi; arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qо‘llanilishga moslasha oladigan о‘zgaruvchanligi; foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi; ishining о‘ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).
Do'stlaringiz bilan baham: |