3-Ma’ruza. Mavzu: Sistema bloki komponentlarini o‘rganish. Mikroprosessorlar va ularning turlari


Download 1.4 Mb.
bet7/19
Sana11.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1259522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
ma\'ruza

8080 rusumli mikroprotsessor
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga chinakam muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “stek ”ining (rus. “stek”) paydo bо‘lishi ayni shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bо‘lib, kiritilgan har qanday dasturdan foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy kompyuterning “miya”si sifatida qо‘llandi.
8086-8088 rusumli mikroprotsessor
1978 yili Intel firmasi birinchi bо‘lib 16 bitli 8086 rusumli mikroprotsessorni ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan butun boshli mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bо‘ldi. Sal о‘tgach, uning о‘rniga 8088 rusumli mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 mikroprotsessorining arxitekturasini takrorlagan bо‘lsa ham, tashqi ma’lumotlar shinasi 8 bitni tashkil etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan bо‘linmasi shaxsiy kompyuter yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, ushbu bо‘linma tomonidan xarid qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 8088 rusumli protsessorni IBM PC ning miyasiga aylantirdi.
286 rusumli mikroprotsessor
1982 yili 286 rusumli mikroprotsessorning yaratilishi hisoblash texnologiyalariga oid yangi g‘oyalar ishlab chiqilishida qо‘yilgan navbatdagi katta qadam bо‘ldi. Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan bо‘lib, uni ishlab chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar arxitekturalarida erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki rejimda ishlay oladi, jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini bajaradi, virtual manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address Mode) yoki P-rejimda esa dastur tuzadigan mutaxassisga kо‘p imkoniyat va vositalarni havola etadi. 286 rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin yaratilgan mikroprotsessorlari uchun tuzilgan har qanday dasturni bajarish qobiliyatiga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi. Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bо‘lganicha qolmoqda.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling