Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI 
 
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA 
KASB TA`LIMI FAKULTETI TELEKOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI
5350100 – Telekommunikasiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi
III – kurs, 631-18 guruhi talabasi 
Abduraxmonov Raximjon 
Individual loyixa ishi 
Mavzu: “Toshkent– Samarqand viloyatlari orasida optik transport 
tarmog‘ini loyixalashtirish” 
Qabul qildi: Tillaboyev A.A., Telekommunikatsiya 
injiniringi kafedrasi assistant o’qituvchisi 
Farg’ona 2020 


R E J A: 
Kirish 
1. Individul loyixa ishi ni bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha
qo‘yiladigan talablar
2. Aloqa liniya inshoatlarini loyihalashtirish 
3. Loyihalashtiruvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi 
4. Loyihalashtirilayotgan magistral trassasini tanlash va asoslash 
5. Sinxron raqamli transport moduli satxi va optik kabel rusumini tanlash 
6. Loyihalashtiruvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi 
7. Loyihalashtiriluvchi trassa uchun regenerasiya uchastka uzunlik hisobi 
8. Liniya regeneratorlarini joylashtirish 
9. Tolali optik aloqa liniya qurilishi 
Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ro’yhati 


 
Kirish
 
O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va 
abonentlar sonini oshirish, Internetga ulanishni yanada yuqori tezlikda taqdim etishga 
yo‘naltirilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 2019-yilning 
to‘rt oyi mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Liniya kabel xo‘jaliklarini texnik 
me’yorda saqlash maqsadida eskirgan telefon tarmog‘i liniyalarini ta’mirlash ishlari 
amalga oshirildi, 4 ming km dan ortiq turli sig‘imdagi loqa kabel mahsulotlari 
yangilandi, Respublikaning barcha hududlarida XDSL texnologiyasi orqali taqdim 
etilayotgan telekommunikasiya xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari oshirildi. 
150 mingdan ortiq sig‘imga ega, tarmoqqa keng polosali ulanish qurilmalari 
o‘rnatilishi natijasida abonentlarga FTTx texnologiyalari bo‘yich optik aloqa liniyalari 
orqali telekommunikasiya xizmatlari taqdim etilmoqda. Joriy yilning birinchi choragi 
davomida 2 408 ta ko‘p qavatli uylar, 1 108 ta umumta’lim maktablari zamonaviy 
telekommunikasiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlandi. 
«O‘zbektelekom» AK tomonidan 2019-yil boshidan aholi va boshqa ijtimoiy 
soha muassasalariga GPON texnologiyasi orqali zamonaviy telekommunikasiya 
xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratish maqsadida 5 ming km.dan ortiq optik aloqa 
kabellari yotqizildi. 
“O‘zbektelekom” AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi tomonidan 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, respublikaning barcha 
viloyatlaridan qo‘ng‘iroqlar “1084” va “1086” qisqa raqamlariga qayta yo‘naltirilib, 
qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimi markazlashtirildi. Bu mijozlar murojaatlariga xizmat 
ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi. 
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida hozirgi vaqtda abonentlarni ulash uchun 
umumiy sig‘imi 146 944 portga ega GPON hamda 54 272 portli VDSL texnologiyasi 
qurilmalarni montaj va sozlash ishlari olib borilmoqda va joriy yilning 2-choragi 
yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil 3-choragi 
yakuniga qadar qo‘shimcha 600 mingdan ortiq portga ega GPON qurilmalari yetkazish 
rejalashtirilgan. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling