Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Magistral trassani tanlash va asoslash


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
4.1. Magistral trassani tanlash va asoslash
 
Tolali optik aloqa liniya trassasi topshiriq vazifasi qilib berilgan ikkita oxirgi 
manzilgohlari oralig‘ida tanlanadi. Trassa tanlovi olib borishda quyidagi talablar 
bajarilishi lozim: 
• magistral trassa oralig‘idagi masofa minimal bo‘lishi kerak, ya’ni berilgan 
topshiriqdagi manzilgohlar orasidagi masofa qisqa bo‘lmog‘i lozim; 
• magistral trassa o‘tadigan yo‘lda tabiiy va sun’iy kesishuvlar minimal bo‘lishi 
kerak; 
• iloji boricha loyihalashtiriluvchi magistral aholi yashaydigan manzilgohlardan 
o‘tishi va bu manzilgohlarda aloqa tashkil etish imkoni bo‘lishi kerak; 
• magistral trassa shahar tashqarisida avtomobil yo‘li yoqasidan o‘tmog‘i lozim, 
agar avtomobil yo‘li bo‘lmasa, u holda temir yo‘l yoqasidan o‘tishi kerak; 


• daryolar va suv xavzalari bilan kesishuvlarda iloji boricha daryoning kengligi 
kichik bo‘lgan, toshloq tuproqlari kam va daryo qirg‘oqlari yuvilib ketmaydigan 
joylaridan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Aloqa magistrali trassasini tanlashda bir nechta variantlarni (ikki yoki uchta) 
solishtirish yo‘li bilan ko‘rib chiqib, ular ichidan optimal variantga e’tibor berilishi 
kerak. 
Tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: 
 trassa uzunligi; 
turli xil kesishuvlar soni, suv xavzalari, temir yo‘l liniyalari, yirik 
avtomobil yo‘llarning soni iloji boricha kam bo‘lishi kerak; 
 loyixalashtirilayotgan magistral trassada aholi yashaydigan 
manzilgohlarning bo‘lishi va ular kafolatlangan elektr manba bilan 
ta’minlanganligi uchun bu yerlarda regenerasiya manzilgohlarni tashkil 
etish mumkin.
Tahlil jarayonida aniqlangan natijalar quyidagi jadval ko‘rinishida 
rasmiylashtiriladi.
Variant 
tartib 
raqami 
Aloqa liniya 
trassasi 
o‘tadigan aholi 
yashaydigan 
manzilgohlar 
Trassa 
uzunligi, 
km 
Kesishmalar soni 
Daryolar
Temir 
yo‘llar
Avtomobil 
yo‘llar
23 
Toshkent 
Yangiyo’l 
Chinoz 
Guliston 
Gagarin 
Jizzax 
G’allaorol 
Usmat 
Bulung’ur 
Samarqand 
327 


23 


Kurs loyiha ishida geografik xaritadan aholi yashaydigan manzilgohlar joylanishi 
va bu manzilgohlarni bog‘laydigan avtomobil yo‘li yoki temir yo‘llar, hamda trassani 
kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va daryolar, hamda suv xavzalarini 
chizib olish kerak. 
Geografik xaritadan taxlil asosida yuqorida qayd etib o‘tilgan talablar inobatga 
olingan holda aloqa magistral trassasining optimal varianti tanlanadi. 
4.1-rasm. Toshkent- Samarqand shaharlari orasida optimal trassani tanlash 
Yuqorida keltirilgan shartlardan xulosa qilib individul loyixa ishida 
O‘zbekistonning ikkita viloyati orasida aloqa liniyalari va vositalarni yanada ham 
zamonaviylashtirish maqsadida hozirgi zamon talabiga javob beradigan tolali optik 
aloqa liniyasini loyihalashtirish uchun aloqa liniya trassa variantini tanlanadi. 
Tanlov asosida oxirgi manzilgohlar, oraliq manzilgohlar haqidagi ma’lumotlar 
O‘zbekiston ensiklopediyasidan olinadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling