Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


 Individul loyixa ishi ni bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
1. Individul loyixa ishi ni bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha 
qo‘yiladigan talablar
 
 
1. Individul loyixa ishini har bir talaba shaxsiy topshiriq vazifa asosida bajaradi 
va tushuntirish xati talablar asosida rasmiylashtirib, standart talablariga javob berishi 
lozim. Individul loyixa ishi o‘z ichiga magistral tarmoq va shaharlararo aloqa liniya 
tarmoqlarini tanlash bo‘yicha konkret yechimlarni o‘z ichiga oladi. Individul loyixa ishi
texnik yechimlar asosida iqtisodiyli tarmoq bo‘lishi bilan birga, bu tarmoq ko‘plab 
ma’lumotlar uzatish vazifasini bajarishi kerak. Tushuntirish xatida matn materiallari 
to‘liq, xatosiz, so‘zlar qisqartirilgan bo‘lmasdan aniq loyihalashtirish asosida bo‘lmog‘i 
lozim. O‘lchov birliklari Davlat Standarti talablari (DST) asosida bo‘lishi kerak.
2. Individul loyixa ishida loyihalashtirish materiallari sxema va chizmalar bilan 
to‘ldirilib, chizma va rasmlar qora rangda (qalam bilan) muxandislik grafikasi fanida 
qo‘llanuvchi asboblar yordamida chizilishi lozim. Individul loyixa ishida keltirilgan 
chizmalar rasmlar osti yozmasiga ega bo‘lib, jadvallar tepa tomonida belgilanib, Davlat 
standart talablariga javob berishi kerak. Individul loyixa ishidagi yozma ma’lumotlar 
ko‘rinishi yaqqol ko‘rinadigan rangli ruchka yoki avtoruchka yordamida bajarilib 
jadvallar esa qora rang bilan bajarilishi kerak.
3. Matnda keltirilgan ma’lumotlar va loyihalashtirish yechimlari individul loyixa 
ishi oxirida keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati tartib raqami bo‘yicha olib borilib,
qo‘llanilgan adabiyot tartib raqami katta qavs orasida belgilanishi kerak. Individul 
loyixa ishidagi chizma, rasmlar va jadvallar ikki raqamli bo‘lib, bajariluvchi bo‘lim 
tartib raqamiga to‘g‘ri kelmog‘i lozim.
4. Individul loyixa ishida keltirilgan hisoblarda avval hisoblash uchun formula 
yoziladi, bu formuladagi har bir xarfli belgilanish yoyilib yoziladi va har bir belgilanish 
tushuntirish so‘zlar bilan ifodalanib, uning o‘lchov birligi yoziladi, hamda qanday 
adabiyotdan foydalanganligi belgilanadi.Agar hisoblar bir nechta chastotada yoki 
hisoblar bir necha marta hisoblanadigan bo‘lsa, u holda bu hisoblar bitta qiymat uchun 
hisoblangan bo‘lib, qolgan qiymatlar hisob natijasi jadvaliga to‘ldiriladi. Har bir 
hisoblar natijasi jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilib, ularning grafiklari chiziladi, 
hamda har bir hisoblar grafigi natijasi bo‘yicha xulosa yozilishi lozim.
5. Individul loyixa ishi o‘z ichiga jildlangan yig‘ma ish, titul varag‘i, mundarija, 
shaxsiy topshiriq va qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Individul loyixa 
ishining tushuntirish xati ko‘rinishi quyidagi tartibda bo‘ladi: 
• Titul varag‘i;
• Individual topshiriq–vazifa;
• Kirish;


• Individul loyixa ishi ning asosiy matni;
• Individul loyixa ishi bo‘yicha xulosa;
• Adabiyotlar ro‘yxati.
6. Individul loyixa ishining yozma ko‘rinishi 297x210mm o‘lchamdagi standart 
A4 oq qog‘oz formatiga chop etiladi. Individul loyixa ishidagi tushuntirish xatining 
ma’nosi individul loyixa ishi uchun berilgan vazifaga to‘g‘ri kelishi kerak. Individul 
loyixa ishidagi trassa ko‘rinishi, loyixalashtirilayotgan trassada regeneratorlarni yoki 
multipleksorlarni joylashtirish chizmasi aloxida A4 formatiga qora rang bilan chizilishi 
lozim. 
7. Individul loyixa ishining titul varag‘i namunasi ilovada keltirilgan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling