Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Ajratuvchi (dempfirlovchi) qatlam


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Ajratuvchi (dempfirlovchi) qatlam. Optik kabelning konstruktiv tuzilishidagi 
turli xil elementlarni bir-biriga ta’sir bosimini kamaytirish va siquvchi mexanik 
kuchlarga chidamlilikni oshirish uchun ajratuvchi qatlam qo‘llanadi va u penoplast bilan 
to‘ldirilgan holda bajariladi. 
Tashqi muxofazalovchi qobiq. Optik kabellar ichiga namlikni, zararli par 
aralashmalarini kabellarni yotqizish va ekspluatasiya jarayonida hosil bo‘luvchi tashqi 
mexanik ta’sirlardan muhofaza etish uchun tashqi muhofazalovchi qobiq qo‘llanadi. 
Odatda bunday qobiqlar uchta guruhga bo‘linadi: metalloplastmassali, plastmassali va 
kuchlantiruvchi elementga ega bo‘lgan plastmassali. 
Metalloplastmassali qobiqlar yupqa metall qobiqdan va plastmassali qatlamdan 
tashkil topadi. Unda alyuminiyli yoki po‘lat tasma ustma-ust ravishda to‘liq spiral 
bo‘yicha butun uzunlik yo‘nalishida o‘ralib chiqiladi va u o‘z navbatida uchlari 
payvandlab ulangan yoki qalaylab payvandlab ulangan hamda ustma-ust joylashgan 
naycha ko‘rinishga keladi. Optik kabelning egiluvchanligini yaxshilash maqsadida 
metaldan iborat bo‘lgan qobiqni bosib ezish qarshiligini kamaytirish uchun kabel o‘zagi 
to‘lqinsimon po‘lat qobiqni ko‘rinishida tayyorlanadi. Bunday ko‘rinishdagi 
kombinasiyalangan qobiq namlikni umuman o‘tkazmaydigan ajoyib to‘siq bo‘ladi. 
Bundan tashqari bunday to‘lqinsimon po‘lat qobiqni zirx qatlami o‘rnida ham 
foydalansa bo‘ladi. 
Ekspluatasiya tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, optik kabelning ko‘pchilik 
konstruksiya tuzilishlarida bunday holda muxofazalash bir muncha ortiq, chunki kabel 
namlikni o‘tkazmaydigan to‘ldirgich yoki namlikdan muhofazalovchi boshqa tizimlar 
mavjud. Bunday holatlarda plastmassali qobiqlar kabel o‘zagi ustiga polietilen, 
polivinilxlorid kabi plastmassa materiallarini presslash usuli yordamida qoplanadi 
Bunday qobiq namlikni o‘tkazmaydigan bo‘la olmaydi. 
Kuchlantiruvchi elementlarga ega bo‘lgan plstmassa qobiq butun uznlik bo‘ylab 
po‘lat yoki FRP kabellar kabi sintetik iplarga ega bo‘lib ular o‘z navbatida bitta 
konstruktiv element yordamida ikkita funksiyani bajaradi 
Tashqarida yotqiziluvchi plastmassa koplamli optik kabellar odatda polietilendan 
tayyorlanadi Polietilen qobiqni ultrabinafsha nurlanishdan muhofazalash uchun 
polietilen tarkibiga qora ko‘mir qo‘shish bilan erishiladi Bino ichida yotqiziluvchi optik 
kabellarning tashqi qobig‘i uchun polivinilxlorid qo‘llangan, ammo bunday material 
xavfli xususiyatga ega, agar polivinilxloridni yuqori haroratga qadar qizdirilganda u 


buziladi va tuzli kislotani hosil qiladi. Polivinilxloridning zararli bo‘lishi va zaxarli 
gazlar chiqarish hisobiga polivinilxlorid oxirgi paytda qo‘llanilmayapti. Shuning uchun 
bino ichiga yotqiziluvchi optik kabellarning tashqi qobig‘i uchun gidroksid alyuminiy 
(plastik polimer) qo‘llanadi. Bunday materiallardan tayyorlangan qobiq yonish 
jarayonida polimer va to‘ldirgichlar inson hayotiga zarar bermaydigan kam tutaydigan 
mahsulot ajratib beradi va u samarali ravishda yong‘inni alanga bo‘lib yonish oldini 
oladi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling