Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Suv osti optik kabellari. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha eng murakkab optik 
kabellardan bo‘lib hisoblanadi.(6.6-rasm) 


6.6-rasm. Suv osti kabelining ko‘ndalang kesim yuzasi: 1-markaziy kuchlantiruvchi 
element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-metalli naycha; 5-muhofazalovchi qobiq; 6-
ichki zirx qoplami; 7-oraliq qobiq; 8-tashqi zirx; 9-gidrofob kompound; 10-tashqi 
qobiq. 
Bunday turdagi optik kabellarni kattadan-katta uzunlikdagi hamda juda ham 
chuqur bo‘lgan (misol uchun Atlantika okeani) uzatish tizimlarida qo‘llanadi.Bundan 
tashqari suv osti kabellari katta bo‘lmagan suv kechuvlaridan (daryolar, kanallar suv 
havzalari) ham foydalaniladi. 
Suv osti optik kabelining konstruktiv tuzilishlari uning yotqizilish joyiga bog‘liq. 
Chuqur bo‘lgan suv osti optik kabellari yuqori gidrostatik bosimdan muhofazalanadi, 
ungacha chuqur bo‘lmagan joylarda yotqiziluvchi optik kabellar esa turli shikast 
beruvchilardan va yakorlardan muhofazalanuvchilari bilan ta’minlanadi. Suv osti optik 
kabelining tuzilishlari kabel ishlab chiqarishda mexanik yuklamalar bo‘yicha 
mustahkamlanadi va egiluvchan bo‘lishi e’tiborga olinadi. Suv osti kabellarining juda 
ham egiluvchanligi hisobiga ularni lozim bo‘lgan chuqurlikda egish va bukish ishlarini 
olib borishdan tashqari ular juda ham katta mexanik yuklamalarga chidamli bo‘lishi 
hisobiga, lozim bo‘lsa ularni suv ostidan chiqarib ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin, 
bundan tashqari kabel o‘zining og‘irligi ta’sirida uzilib ketmasligi kerak. Optik tolalar 
dengiz suvlari ta’siriga juda ham ta’sirchan, shuning uchun suv osti optik kabellarining 
konstruktiv tuzilishida juda ham yaxshi samara beruvchi muhofazalash choralari 
ko‘rilgan. Bundan tashqari bunday kabellarning o‘zak bo‘shliqlari gidrofob kompaund 
bilan to‘ldirilgan hamda kabel o‘zagi mis yoki alyuminiy naycha ichiga joylashtirilgan 
bo‘lib, bunday naychalar bir vaqtning o‘zida masofadan elektr ozuqa manbaini uzatish 
uchun ham qo‘llanadi. Elektr ozuqa manbaini uzatish zanjirining ikkinchi sim vazifasini 
dengiz suvi yoki ichki tok o‘tkazgich sim bajaradi. 
Ikki qatlamli po‘lat simlardan tayyorlangan zirx qoplami optik kabelga tushuvchi 
statik va dinamik yuklamalar ta’siriga ancha mustaxkamligini oshiradi. Zirx 


qoplamining o‘ram qatlamlaridagi simlar qarama-qarshi tomon yo‘nalishi bo‘yicha 
o‘ralgani uchun kabelni aylanib ketish xususiyatini yo‘qotadi va kabelni o‘ram-o‘ram 
ko‘rinishdagi tugunli bo‘lib qolish oldini oladi. Suv osti optik kabelining tashqi qobiq 
vazifasini qora rangdagi yuqori chidamlikga ega bo‘lgan polietilen qo‘llanadi va bunday 
polietilen ultra binafsha nurlar ta’siri chidamligini oshirib beradi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling