Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Ichki (stansion) optik kabellar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Ichki (stansion) optik kabellar. Ichki yotqizuvchi optik kabellar turli xil turdagi 
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini yaratish uchun qo‘llanadi. Bunday turdagi optik 
kabellarni bino ichida, harakatdagi metal ob’yektlaridan hamda elektron xisoblash 
texnologiyasining apparatura bilan ulanish uchun qo‘llanishda yotqiziladi. 
Bunday turdagi optik kabellarning ekspluatasiya sharoiti kabelning konstruktiv 
tuzilishida metal bo‘lmagan elementlarni, gidrofob to‘ldirgichsiz, tor joylarda 
yotqiziluvchi va oson montaj qilinuvchi bo‘lishni talab etishi bilan birga bunday optik 
kabellarning tashqi qobig‘i alanga bo‘lib yonib ketmaydigan materialdan tayyorlanishi 
kerak. 
Bunday turdagi optik kabellarning keng ravishda qo‘llanuvchi bo‘lganligi uchun 
optik tolalari zich ravishda joylashtiriluvchi bo‘lishni bilan birga optik kabelning 
geometrik o‘lchovlari minimal ravishda bo‘lishi talab etiladi. Bir tomoni optik kabel 
(6.11-rasm) birlamchi va ikkilamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan optik 
tolalardan hamda kevlar turidagi mustaxkam ipdan iborat bo‘lgan mustaxkamlovchi 
elementdan va plastmassali tashqi qobiqdan tashkil topadi. 
6.10.-rasm. Ichki optik kabel tuzilishi: 1-optik tola; 2-birlamchi va ikkilamchi 
muxofazalovchi qoplam; 3-maxkamlovchi element; 4-tashqi qobiq. 
Ikki tolali ichki yotqiuvchi optik kabel ikkita dona bittalik optik tolalardan iborat 
kabeldan iborat bo‘lib, (6.11-rasm) unga tolalar ingichka ulagich yoki tashqi qobiq 
ichida umumiy qilib joylashtirgan holda bo‘ladi. Ko‘p tolali optik kabel esa qoplamli 
tuzilishdagi o‘zakdan iborat. (6.10-rasmga qara). 
6.11-rasm. Ikki tolali optik kabel tuzilishi: 1-birlamchi va ikkilamchi muxofazalovchi 
qoplamga ega bo‘lgan optik tola; 2-makamlovchi element; 3-tashqi qobiq. 


Ikki tolali optik keng interval yoki qo‘llanuvchi kabel o‘zagining konstruktiv 
tuilishida optik tolaning joylashishi bo‘sh holda to‘liq zich holda bo‘lishi mumkin. 
To‘liq zich holatidagi kabelda optik tolalardan tashqari konstruktiv tuzilsh elementlarini 
tanlashda harorat koffisiyentining chiziqli kengayishini o‘zaro kompensasiyalovchi 
bo‘lishi kerak. 
Yong‘inga xavfli bo‘lgan xonalarda yotqiish uchun mo‘lallangan optik kabellarda 
tolalarni bemalol joylanishi uchun o‘zakni modul tuzilishi qo‘llanilgan. Bundan tashqari 
kabelning konstruktiv tuzilishida qo‘shimcha ravishda yupqa tasma va shisha plastikli 
qobiq kiritilgan.
Optik kabelning tashqi qobig‘i sekin-asta yonuvchi va kam ravishda tutaydigan 
termoplastik polimer galogenlar bo‘lmagan materialdan tayyorlanadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling