Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Osma kabellar. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik kabellarni havoga osiluvchi optik 
kabellar bilan solishtiradigan bo‘lsak, unda osma kabellarni magistral, xududiy va 
mahalliy tolali-optik uzatish tizimlarini qurilishi uchun qo‘llaganda qurilish 
muddatlarini bir muncha qisqartirish mumkin. Osma kabellarni qo‘llash xisobiga kabel 
yotqiziluvchi trassada yerni ajratish kabi masalalar yechimi topiladi, bunday xolatlar 
ayniqsa shahar telefon aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya qilish jarayonida yotqiziluvchi 
kabellar o‘rniga osma kabellarni qo‘llashda binolar va shahar infratuzilishidagi har 
qanday inshoatlarini qo‘llash imkoniyatini beradi. 
Optik kabellarni juda ham keng bo‘lgan harorat diapazonida ekspluatasiya 
qilingani uchun va osma kabellarni shamol hamda muz yuklamasi ostida bo‘lganligi 
uchun optik tolalarni bemalol joylashtirish usuli qo‘llanadi. 
Osma optik kabellarni o‘zini ushlab turuvchi, mahkamlanuvchi, ustiga qoplanuvchi 
va ichiga joylashtiriluvchi zirxlarga bo‘lish mumkin. O‘zini ushlab turuvchi optik 
kabellar (6.7-rasm) turli xil turdagi simyog‘ochlarga osish mumkin, shu jumladan elektr 
uzatish liniyalarining va elektrlashtirilgan temir yo‘lning kontak tarmoqlarining 
simyog‘ochlariga, bundan tashqari bunday kabellar kuchlantiruvchi element (ushlab 
turuvchi tros) yoki maxkamlovchi elementlar vazifasini o‘zak iplari bajarib ular 
yordamida kabel o‘zagi va qobig‘i orasidagi ko‘ndalang yuzasining tashqari tomoniga 
tortiluvchi kuchlar bir tekis ravishda taqsimlanadi. Markaziy kuchlantiruvchi element va 
tros shisha plastikli o‘zakdan, po‘lat simdan yoki juda ham yuqori mustahkamlikga ega 
bo‘lgan kevlar, terlon, tvaron kabi plastmassali iplar bog‘lamidan tayyorlanadi. 
Mahkamlanuvchi o‘zak ustiga qoplanuvchi optik kabellar ichida metall elementlar 
bo‘lmaydi. Kabel o‘zagidagi ayniqsa modulli tuzilishdagi bo‘shliq markaziy 
kuchlantiruvchi element bilan va optik kabelning tashqi yuzlari bo‘ylab qattiqlovchi 
element bilan muhofazalangan. Mahkamlanuvchi optik kabellarni faza simiga yoki 
elektr uzatish liniyasining yashindan muhofazalovchi trosiga yoki ushlab turuvchi 
trosiga maxsus qisqich yoki dielektr tasma va shnurlar yordamida maxkamlansa ustiga 
qoplanuvchi kabellar esa ushlab turuvchi sim atrofiga o‘rab chiqiladi. 


6.7-rasm. O‘zini ushlab turuvchi optik kabellarning kesim yuzasi: 1-ushlab turuvchi 
tros; 2-markaziy kuchlantiruvchi element; 3- optik tola; 4- optik modul; 5-
muhofazalovchi qobiq; 6-gidrofob kompaund; 7-tashqi muhofazalovchi qobiq; 8-
qattiqlovchi element.
6.8-rasm. Mahkamlanuvchi (a) va qoplanuvchi (b) optik kabellar ko‘rinishi: 1-ushlab 
turuvchi tros (sim); 2-optik kabel; 3-mahkamlantirgich (shnur, tasma) 
Jahon statistikasi bo‘yicha ustiga qoplanuvchi optik kabellar magistral va hududiy 
tolali-optik uzatish tizimlarida qo‘llanuvchi osma kabellarning 80…90% tashkil etadi. 
Ularning konstruktiv tuzilishi xilma-xil bo‘lsa ham ularni umumiy holatda ikkita 
element guruhiga bo‘lish mumkin: 
- optik kabel o‘zagining elementlari; 
- yashindan muhofazalovchi tros tuzilishidagi maxsus elemntlar. 
Optik kabel o‘zagining modulli tuzilishi ko‘p modulli yoki bir moduli bo‘lishi 
mumkin. Odatda optik modullar yuqorida qayd etib o‘tilganidek bo‘lib, unda istisno 
tariqasida modul vazifasini bajaruvchi naychalar metalli yoki plastmassali bo‘ladi. 
Yashindan muhofazalovchi tros tuzilishida qo‘llanuvchi maxsus elementlar ikkita 
tashqi metall qatlamni tashkil etadi – bular alyuminiy va uning aralashmasiga ega 
bo‘lgan solishtirma o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan simlar va ichki – yuqori mexanik 
mustahkamlikga ega bo‘lgan qoplamli po‘lat simlar, odatda tashqi qatlam yashin 
o‘tkazgich funksiyasini bajaradi. Ba’zi bir hollarda esa bunga qo‘shimcha ravishda 


qatlamlar orasiga to‘liq alyuminiyli qobiq joylashtiriladi, ichki qatlam vazifasini esa 
dumaloq kesimli zirx bajaradi. 
Dala sharoitida yotqiziluvchi optik kabellar. Ekspluatasiya sharoitida dalada 
yotqiziluvchi optik kabellar turli xil mexanik va issiqlik ta’siri ostida bo‘ladi. Bunga 
ayniqsa ko‘plab marotaba o‘rash va qayta o‘rash jarayonlari bo‘lib unda optik kabellarni 
aylanib ketish xususiyati, ko‘ndalang siqilish, quyosh nurlarining ta’siri va -60…+80°S 
gacha bo‘lgan keng intervaldagi harorat diapazoni kabi ta’sirlarni ko‘rsatish mumkin. 
Dala sharoitida yotqiziluvchi optik kabellarda cho‘zilish bo‘yicha kuchlanganlik 10 km 
gacha bo‘lgan uzunlikda 2500…3000 N qiymat atrofida bo‘ladi. Bundan tashqari dala 
sharoitida yotqiziluvchi optik kabellar minimal gabarit o‘lchovlariga va og‘irlikka ega 
bo‘lishi lozim. Keltirilgan hamma turdagi ta’sirlar kabel konstruktiv tuzilishi va kabel 
ishlab chiqarish uchun qo‘llanuvchi materiallarga qatti q talablar qo‘yilishiga olib 
keladi. Dala sharoitida qo‘llanuvchi optik kabellar tarkibida (6.9-rasm) odatda metall 
elementlar bo‘lmaydi. 
6.9-rasm. Dala sharoitida qo‘llanluvchi optik kabel: 1-markaziy kuchlantiruvchi 
element; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-mahkamlovchi qobiq; 5-gidrofob kompaund; 
6- mustahkam ravishda mahkamlovchi iplar; 7-tashqi qobiq. 
Agar bu rasmga nazar soladigan bo‘lsak kabel o‘zagining markazidagi bo‘shliq 
joyida metalldan tayyorlangan kuchlantiruvchi element o‘zak yoki juda ham yuqori 
mustahkamlikga ega bo‘lga kevlar, terlon, tvaron kabi plastmassadan tayyorlangan 
ingichka ip to‘qimalarining o‘zak bog‘lamlari orasida joylashtiriladi. Kabel o‘zak 
qobig‘i oralig‘ida qo‘shimcha ravishda kevlar yoki shishaplastikli tasmalardan iborat 
bo‘lgan iplar qatlami ko‘rinishidagi maxkamlovchi elementlar joylashtiriladi. 
Kuchlantiruvchi elementning bunday kombinasiya va maxkamlovchi elementlar optik 
kabelning ezuvchi va cho‘ziluvchi yuklamalari bo‘yicha juda ham katta chidamlikga 
erishishga olib keladi. Optik kabelning tashqi qobig‘ini ultra binafsha nurlanishdan 
muxofazalash maqsadida optik kabelning tashqi qobig‘i qora ko‘mir qo‘shilmasidan 
tayyorlanadi. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling