Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Kabellarni binoga kiritish


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
9.4. Kabellarni binoga kiritish
 
Odatda shahar telefon tarmoqlarida qo‘llanuvchi kabellar ATS binosiga
shaharlararo tarmoqlarda va hududiy tarmoqlarda qo‘llanuvchi kabellar shaharlararo 
telefon stansiyaga, telegraf stansiyasiga, oxirlash manzilgohlarining telefon 
stansiyalariga, xizmat talab qilinadigan punktlarga kiritiladigan kabellar va boshqa 
aloqa korxonalaridan keluvchi kabellar hammasi bino ichiga kiritiladi.


Aloqa tarmog‘i binosi ichiga kiritilgan kabellar maxsus uskunalar joylashgan 
xonaga kiritiladi, bu xona shaxta deb ataladi. Odatda shaxta binosining pastki qavatida 
yoki bino podvoli joylashgan joyida, agar bunday joylar bo‘lmasa, u holda binoning 1–
qavatida joylashgan xona polida joylashgan uskunalarga kiritiladi.
Aloqa korxonalari va aloqa inshoatlarining binosiga kiritiladigan optik–liniya 
kabellari stansiya kabellari bilan stansiyani bog‘laydigan uskunalarga kiritiladi. Bu 
uskunalar maxsus BW7R (Germaniya) stoykasiga o‘rnatilgan. Xizmat talab 
qilmaydigan regenerasiya punktlariga kiritiladigan liniya optik kabellari ham 
stoykalarda joylashgan uskunalar yordamida ulanadi. 
Bino ichidagi shaxtadan liniya optik kabellari liniya apparat syexiga (LAS) to‘g‘ri 
qo‘tariladi. LAS xonasidagi kiritiluvchi uskunalariga optik kabellar kabelrost bo‘ylab 
o‘tqiziladi.
Stansiya va liniya kabellarini ulanish uskunasida bir qancha kassetalar joylashgan 
bo‘lib, ularga payvandlangan tola tugunlari maxkamlanadi. Ekspluatasiya jarayonida 
oson bo‘lish uchun payvandlab ulangan stansiya kabellarining uchi raz’yom (ajratgich) 
bilan tugallangan. 
Kassetalar joylashgan javonda nur o‘tkazgich ulagichlar joylashgan. Bu ulagichda 
bir qancha ajratuvchi muftalar joylashgan bo‘lib, unga kiritiladigan tolalar o‘zining 
tartib raqami bilan belgilangan. Bunday uskunaga 60 ta optik tola kiritish mumkin. 
Muftaning 2–tomonida esa, egiluvchan stansiya kabeli ikkita raz’yom bilan ulangan.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling