Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
9.4 Mufta montaji
 
Optik – tolali kabellarning mufta montaji o‘z ichiga quyidagi texnologik operasiya 
jarayonlarini oladi. 
1. Payvandlash taqsimlagichini tayyorlash; 
2. Kabellarning ohirgi tomonidan uchlarini ajratish; 
3. Tolalarni payvandlashga tayyorlash; 
4. Kabel uchlarini muftaga maxkamlash; 
5. Kassetaga kabel modullarini maxkamlash; 
6. Tolalarni payvandlash
7. Modullarni joylashtirish, kasseta maxkamlanib va payvandlagan blokni yopish; 
8. Tayyor muftani yopish. 
Muftalar montaji payvandlash kassetasini tayyorlashdan ya’ni uning ichiga 
taqsimlagichni joylashtirishdan boshlanadi. Shundan so‘ng kabel uchlari ajratiladi va 
tashqi polietilen qobig‘ kesiladigan joy belgilanib, avval pichoq yordamida 
kundalangiga va uzunasiga ikkita bo‘lakga ajratish uchun kesiladi. Polietilen qobig‘ 
termouskuna yordamida qizdirilib shundan so‘ng ajratilib yechiladi. To‘lqinsimon 
qobig‘ avval ustiga qoplangan yopishtiruvchi qoplami artib tozalanadi va avval qobig‘ 
bir muncha qizdirilgandan so‘ng ulangan chokidan ajratiladi hamda olib tashlanadi. 
Uning tagidagi aramid ip to‘qimalari 200 mmga qadar qisqartiriladi. Modullar 
termouskunalar yordamida issiq havo ostida 550 mm uzunlikda tekislanadi. Shundan 
so‘ng qabul qilib modullar qabul qilingan metodika asosida qizil rangdan boshlab 
montaj uchun tayyorlanadi. Markaziy kuchaytiruvchi element esa 300 mm uzunlikga 
qadar qisqartiriladi, agar optik kabel to‘lqinsimon po‘lat qobig‘ga ega bo‘lsa, u holda 
ignali qisqich yordamida muftaning ichki platasiga maxkamlanadi. Blokda joylashgan 
qattiq ushlab turuvchi qisqich orasida joylashgan kassetalar bo‘shtiladi. Markaziy 
kuchaytiruvchi element bilan birga aramid ip to‘qimalari bog‘langan blokning pastki 
tomonidan o‘tkazilib kuchaytiruvchi uskunaga olib boriladi va shayba hamda bolt 
yordamida tortilgan bog‘lam maxkamlanadi, uning uchlari esa kesib tashlanadi. 
Shundan so‘ng modul maxsus keskich yordamida aylanma qilib kesiladi va sekin astalik 
bilan o‘raladi. Tasma bilan o‘ralgan modul kassetaga joylashtirilib qisqich yordamida 


maxkamlanadi. Modulldan ajratilgan optik tolalar kasseta ichiga maksimal egilish 
radiusi bo‘yicha uchta o‘ram qilib aylantirib joylashtiriladi. 
Kasseta ichiga joylashtirilgan tolalar payvandlash apparatining yuqori qismiga bolt 
bilan maxkamlanadi. Modul esa payvandlash apparatining modul ushlagich ichida 
maxkamlanadi. Stripper yordamida tolalar 40 mm uzunlikda muxafazalovchi qoplam va 
tolalar qobig‘i tozalanadi. qobig‘dan ajratilgan tola yumshoq qog‘oz salfetka yordamida 
yaxshilab artilib tozalanadi. Payvandlash apparatining maxsus keskichi yordamida tola 
o‘zagi to‘g‘ri burchak ostida sindiriladi va apparatning chap tomoniga qisqich 
yordamida joylashtiriladi. Xuddi shunday operasiya yuli bilan o‘ng tomondagi tola 
qisqich yordamia joylashtiriladi. Payvandlash apparatida tolalar biri–biri bilan 
payvandlab ulanadi. Payvandlab ulangan tolalar payvandlash taqsimlagichining birinchi 
joyiga joylashtiriladi. Shu usul bilan moduldagi qolgan optik tolalar payvandlab ulangan 
payvandlash taqsimlagichining keyingi joylarda joylashtiriladi va kompaund quyilib 
usti yopiladi.
Payvandlash taqsimlagichlari joylashgan kasseta aylantirilmay uning ichiga 
modullar yoki muxafazolovchi adapter naychalari bir–biri ustiga joylashtiriladi. Kasseta 
mufta ichiga joylashtirilib bolt yordamida maxkamlanadi. Hamma tolalari 
payvandlangan kassetalar mufta ichiga joylashtirilib bo‘lgach mufta quyidagicha 
yopiladi. Mufta ichiga kiritiladigan kabel qobig‘i yaxshilab tozalangach kompaund 
surkaladi va quritiladi, qobig‘ ustiga o‘raladigan yopishqoq tasma qisqichga qadar 
o‘raladi. Usti o‘ralgan qobig‘ diametri kalibrator yordamida tekshiriladi. Agar muftaga 
ikkita kabel kiritiladigan bo‘lsa, u holda qolgan ikkita kabel kiritiluvchi teshiklar 
maxsus vtulka (qopqoqlar) yordamida berkitiladi. 
Muftaning pastki yarmi ulanadigan joyiga muftani germetizasiya qilish uchun 
germetik shnur o‘raladi. Muftaning pastki qismiga quritgich paketi ochilib solinadi. 
Muftaning pastki yarim qismi ustiga ustki yarim qismi asta sekinlik bilan joylashtirilib 
bir–biri bilan siqiladi. Muftani siqish uchun avval muftaning kichik tomonidagi boltlar 
buralib siqiladi. Muftalar orasidagi oraliq kalibratorlar yordamida tekshiriladi, shundan 
so‘ng muftaning uzun tomonidagi boltdlar siqib tortiladi. Muftaning yopilish sifati 
kalibrator yordamida tekshiriladi va boltlar yopishqoq tasma bilan yopishtirilib 
muhofazalanadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling