Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik 
kabellar. Optik kabellarni telefon kabel kanalizasiyasiga yotqizilishida yotqiziluvchi 
kabel cho‘zilishiga, egilishiga va ko‘ndalang siqilish ta’siri ostida bo‘ladi. Kabelning 
cho‘zilishi asosan optik kabelni yotqiziluvchi quvur devorlariga ishqalanish hisobiga 
ham hosil bo‘ladi. Egilishlar va ko‘ndalang ravishda siqilishlar esa optik kabelni 
kanalizasiyaning to‘g‘ri va burilgan joylari bo‘ylab yotqizilish hisobiga hamda kabelni 
yotqizish jarayonida yo‘naltiruvchi bloklar va roliklarni qo‘llash hisobiga hosil bo‘ladi. 


Optik kabelni ekspluatasiya jarayonida yer osti kabellari singari u issiqlik ta’siri 
ostida bo‘ladi va o‘z navbatida ichki kuchlanganlikga olib keladi. Shu bilan birgalikda 
optik kabelni chiziqli kengayishi hisobiga tashqi kuchlar bir muncha kichik bo‘ladi. 
Chunki yotqiziluvchi kabel quvur ichida bemalol yotadi. 
Optik kabelni telefon kabel kanalizasiyasiga, kollektorlarga va quvurlarga 
yotqizishda optik kabelning tuzilishidagi asosiy tavsilotlardan biri – ruxsat etiladigan 
cho‘zilish kuchlanganligi hisoblanadi. Bundan tashqari optik kabel egilishlarga chidamli 
bo‘lishi kerak, chunki kabel yotqizilishida va montaj jarayonida 20…25 marta o‘ralish 
xususiyatiga ega bo‘ladi va nihoyat optik kabel kanalizasiya ichi bo‘ylab oquvchi turli 
xil suvlardan muhofazalangan bo‘lishi kerak. 6.5-rasmda bu guruxga ta’luqli bo‘lgan 
optik kabelning konstruktiv tuzilishi ko‘rsatilgan.
6.5-rasm. Quvurlarga yotqiziladigan optik kabelning ko‘ndalang kesim yuzasi: 
1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-gidrofob 
kompaund; 5-tashqi qobiq. 
Bunday turdagi optik kabelning konstruktiv tuzilishida optik tolalar polimer 
naychalar yoki plastmassali oraliqlar orasida bemalol joylashadi. Kabelning 
germitizasiyasi esa gidrofob kompaundlar yoki boshqa muhofazalovchi qurilmalar 
yordamida bajarilsa, uning kuchlantiruvchi va maxkamlovchi elementlari yordamida esa 
lozim bo‘ladigan mustahkamlikga va ruxsat etiladigan egilish radusi va cho‘zilish 
bo‘yicha kuchlanganligi 1500…4000 N qiymatga qadar yetadi. Kabellarni 
kemiruvchilardan muhofaza etish uchun simli o‘ramlar yoki to‘lqinsimon po‘lat tasma 
qo‘llanadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling