Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Optik kabel o‘zagi. Hozirgi zamon optik kabellarining o‘zak tuzilishi turli xil 
ko‘rinishga ega bo‘lib, ular optik tolalarning joylanishiga bog‘liq bo‘lganligi hisobiga 
ikki guruxga bo‘linadi: zich joylashgan va bo‘sh joylashgan. Optik tolalarni kabel 
o‘zagida zich ravishda joylanish guruxi 6.1-rasmda keltirilgan. 
 
 
a) 
b)
6.1-rasm. Kabel o‘zagining zich ravishda joylanish tuzilishi: 1-optik tola birlamchi va 
ikkilamchi qoplam orasida; 2-kuchlantiruvchi element; 3-optik tola birlamchi qatlam 
orasida; 4-ikkilamchi tasmali qatlam; 5-plastmassa tasma.
Birlamchi va ikkilamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan optik tolalar 
markaziy kuchlantiruvchi element atrofiga konsentrik ravishda o‘ralgan qatlamli 
tuzilishga (6.1,a – rasm) ega. Agar juda ham ko‘plab optik tolalarga ega bo‘lgan kabel 
bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi yoki bitta qatlamda bita dona optik tolalar 
o‘rniga modullarni qo‘llash mumkin. Bunday modullar birlamchi qoplamga ega bo‘lgan 





bir nechta optik tolalar ikkilamchi qoplamga ega bo‘lgan naycha ichida joylashadi. 
Qatlamli tuzilish esa keng ravishda qo‘llanuvchi eski tuzilishdagi optik kabel tuzilishida 
qo‘llanilgan. 
Tasmasimon tuzilishda (6.1,b – rasm) birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega 
bo‘lgan optik tolalar bir qatorda joylanishi mumkin yoki umumiy ikkilamchi tasmali 
qoplam orasida joylanishi mumkin. Bundan tashqari chetlari bir-biri bilan yopishtirib 
mahkamlangan va ichi to‘ldirgich bilan to‘ldirilgan ikkita plastmassa tasma orasida 
joylashtirilishi ham mumkin. Bunday tasmali modul ichi 2….24 tagacha optik tolalar 
bilan to‘ldiriladi. Ba’zi bir hollarda birlamchi va ikkilamchi qoplamga ega bo‘lgan optik 
tola yon tomon yuzasi butun uzunlik bo‘yicha yelimlab ulash hisobiga hosil bo‘luvchi 
tasma ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin. Optik kabelning o‘zagi tasmali modullar 
qatoridan (tasmali matrisa) ham tashkil qilingan bo‘lishi mumkin. 
O‘zagi bo‘shliq tuzilishdagi (6.2 – rasm) optik kabellar naychasimon (modulli) va 
profillangan (oraliqlarga joylashtirilgan) konstruktiv tuzilishga ega. Modulli tuzilishda 
(6.2,a – rasm) bitta yoki bir nechta birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan 
optik tolalar ikkilamchi muxofazalovchi qoplam vazifasini bajaruvchi polimer naycha 
ichiga bemalol ravishda joylashtiriladi. Naychaning diametri 2….3mm, shunday usul 
yordamida tashkil qilingan modullar markaziy kuchlantiruvchi element atrofida spiral 
ko‘rinishda o‘ralib chiqiladi. Ba’zi bir optik kabellarning o‘zagi bitta diametri 6…10 
mm bo‘lgan markaziy naychali moduldan tashkil etilib unda birlamchi qoplamga ega 
bo‘lgan 50 tagacha optik tolalarni joylashtirish mumkin. Optik tolalarning montajini 
osonlashtirish maqsadida ular bog‘lam ko‘rinishida guruhlashtiriladi. Optik kabelning 
lozim bo‘lgan mustahkamlik chegarasiga erishish uchun kabel o‘zagi va 
muhofazalovchi qobiq orasiga yoki qobiq ichi metal simlar yoki sintetik mustahkam 
iplar yordamida mustaxkamlanadi. 
a) 
b)
6.2 – rasm. O‘zagi bo‘shliq tuzilish ko‘rinishlari: 1- optik tola; 2- polimer naycha 
(modul); 3- kuchlantiruvchi element; 4- plastmassali tayanch o‘zak. 








Profillangan (o‘zak oraliqlarida joylashgan tolalar) o‘zak (6.2,b- rasm) to‘g‘ri 
burchakli plastmassali yoki V – ko‘rinishdagi oraliqlardan iborat bo‘lgan plastmassa 
o‘zak spiral shaklda joylashtirilgan o‘zakdagi kesilgan oraliqlarga birlamchi 
muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan bitta yoki bir nechta optik tolalar bemalol 
joylashtiriladi. Kabelning kuchlantiruvchi elementi kabelning o‘zak o‘qi bo‘yicha 
joylashgan. 
To‘liq tuzilishga ega bo‘lgan kabel o‘zagi bir muncha oson tayyorlanish 
texnologiyasi bilan farqlanib unchalik katta bo‘lmagan gabarit o‘lchamlariga ega 
bo‘lgan ko‘ndalang yuzasini to‘ldirgich bilan to‘ldirishi hisobiga erishiladi. Ammo 
to‘liq tuzilishdagi o‘zakda optik kabelning o‘lchamlaridagi mexanik va harorat 
o‘zgarishi o‘z navbatida optik tolalarda mexanik kuchlanganlik holatini hosil qiladi va u 
o‘z navbatida mikro yorilishlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida 
qo‘shimcha (kabel) yo‘qotuvchanligini birmuncha oshishiga va vaqt o‘tishi bilan optik 
parametrlarni o‘zgarishga hamda optik tolani uzilishiga olib keladi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling