Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Muxofazalovchi qatlam. Kvars shishaning teoretik mustaxkamlik chegarasi 
6000 N/mm2 qiymatidan ham juda yuqori, ingichka tolalarning mustaxkamlik chegarasi 
esa undan xam yuqori, ammo amaliyotda optik tolaning mustaxkamligi turli darajalarga 
va ichki kuchlanganlikga bog‘liq, shuning uchun optik tola ishlab chiqarish jarayonida 
chidamlik bo‘yicha nazoratdan o‘tadi, ammo chidamlilik bo‘yicha nazorat tekshiruvidan 
o‘tgan standart optik tolani uzilish bo‘yicha mustaxkamligi 10N qiymatidan oshmaydi. 
Optik tolalarni tashqi ta’sirlardan muxofazalash uchun qobiq ustiga birlamchi va 
ikkilamchi muxofazalovchi qatlam bilan qoplanadi. 
Birlamchi qatlam tola ichida mikroyorilishlar paydo bo‘lishidan va 
mikroyorilishlarni rivojlanib ketishidan muxofazalaydi. Odatda tolaning birlamchi 
qoplami akrilat bilan qoplanadi va tolalarni bir-biridan ajratish uchun uning usti 
bo‘yaladi. Optik tolaning birlamchi muxofazalovchi qatlam diametri 245±10 mkm. Tola 
qobig‘ini namlikdan va vodoroddan muxofazalash uchun yupqa metallashtirilgan yoki 
uglerod qatlamini qo‘llash hisobiga maxsus muxofazalovchi qatlam hosil qilinadi. 
Bunday germetik va mustaxkamlovchi qatlam optik tolalarni tezda eskirish xolatini 
oldini oladi va ular ancha chuqur bo‘lgan suv osti optik kabellari uchun qo‘llanadi. 
Optik tolaning birlamchi qoplami ustiga juda xam mustaxkamligi yuqori bo‘lgan 
polietilen,neylon kabi elastik polimer bilan qoplanadi, chunki elastik polimer optik 
tolalarni turli xil egilishlardan, siqilishlardan va cho‘zilib uzilish kuchlanganliklardan 
muxofazalaydi. Ikkilamchi muxofazalovchi qatlamning tashqi diametri 0,8…1,0 mm . 


Optik tolalar va optik kabellar ustida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, tola o‘zagi ko‘ndalang kesim yuzasining deformasiyasi optik tolaning 
so‘nish koeffisiyentini bitta yoki undan ortiq tartibda oshishga olib keladi, shuning 
uchun optik tolalarni radial ravishda siqilishi hisobiga so‘nish koeffisiyentini oshish 
extimolligi juda xam yuqori bo‘lmasligi uchun tolaning birlamchi va ikkilamchi 
qatlamlari orasiga diametri 0,4 mm atrofida bo‘lgan bufer qatlami joylashtiriladi va bu 
bilan tolaning optik so‘nish stabilligi oshiriladi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek birlamchi muxofazalovchi qatlam optik kabel 
ichida zich ravishda joylashtirilgan optik tolalar orasida nurlanish modalari hisobiga 
hosil bo‘luvchi o‘zaro halaqitlardan saqlaydi. Buning uchun ishchi to‘lqin uzunligida 
taxminan 1dB/km miqdorda katta yutilish xususiyatiga ega bo‘lgan akrilat yoki silikon 
mumi yaxshi xususiyatga ega, chunki u optik tola o‘zagidan oqib chiqib tarqalib 
ketuvchi modalarni oldini olish maqsadida akrilat yoki silikon mum materialining sinish 
ko‘rsatgich qiymati optik tola qobiq sinish ko‘rsatgich qiymatidan katta bo‘lishi kerak. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling