Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlar. Optik kabelning konstruktiv 
tuzilishi optik tolalarni juda ham katta va kuchli mexanik kuchlanganlikdan muhofaza 
eta olishi kerak, bunda mexanik kuchlanganlik optik tolaga emas balki optik kabelning 
kuchlantiruvchi (mahkamlovchi) elementlariga ta’sir ko‘rsatadi, bu bilan esa optik 
kabelning cho‘zilishini 0,1…..1% miqdorida chegaralab kabelni lozim bo‘lgan egilish 
radiusini ta’minlaydi va optik kabelga tushuvchi radial mexanik ta’sirlarga bo‘lgan 
chidamligini oshiradi. 
Qatlamli, modulli va profillangan o‘zak tuzilishlarda kuchlantiruvchi elementlar 
kabelning butun uzunligi bo‘yicha markaziy o‘qda joylashtiriladi. Konstruktiv tuzilish 
bo‘yicha ular to‘liq o‘zak (sterjen) metalli yoki sintetik materiallardan tayyorlangan 
ingichka tolalar o‘ramli bog‘lam ko‘rinishga ega. Metalli elementlar uchun rux qoplami 
bilan qoplangan yoki mis bilan qoplangan po‘lat simlar qo‘llanadi. Metall bo‘lmagan 
kuchlantiruvchi elementlar esa kevlar, terlon, tvaron kabi juda mustahkamlangan 
plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar po‘lat simlarga qaraganda ancha qimmat 
bo‘lsa ham optik kabelning mustaxkamligini juda ham oshirib va optik kabel massasini 
kamaytirib beradi. Agar lozim bo‘ladigan bo‘lsa kabelning o‘zagi va qobig‘i orasiga 
qo‘shimcha ravishda kuchlantiruvchi (maxkamlovchi) elementlar aramid (kevlar) iplar 
yoki shisha tolali tasmalardan iborat bo‘lgan qatlamlar joylashtiriladi.
Tasmali tuzilishda va bir dona markaziy naycha tuzilishdagi kuchlantiruvchi 
element vazifasini po‘lat simlar yoki qobiq ichiga joylashtirilgan sintetik iplar (FRP) 
bajaradi. Optik kabelning o‘zagi va qobig‘i orasida aramid iplar yoki shisha tolali tasma 
qatlamlari joylashtirilishi mumkin. 


Osma optik kabellarda kuchlantiruvchi element vazifasini o‘zini ushlab turuvchi 
po‘lat tros bajaradi. Dumaloq simlardan iborat bo‘lgan zirx qatlamli optik kabellarda 
mexanik kuchlanganliklar shu zirx qatlamidagi simlarga tushadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling