Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


 Loyihalashtirilayotgan magistral trassasini tanlash va asoslash


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
4. Loyihalashtirilayotgan magistral trassasini tanlash va asoslash
 
Aloqa liniya trassasini tanlash asosan aloqa oxirgi manzilgohlarni joylanishiga 
bog‘liqdir. Trassani tanlashda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
Trassaning uzunligi qisqa bo‘lishi kerak, xalaqit beruvchi sabablari kam bo‘lib, 
qurilishni murakkablashtirmasligi va narxlarni oshib ketmasligi, texnik ekspluatasiya 
xizmatlarini olib borishni yengillashtirish, kuchli toklardan va atmosferadan hosil 
bo‘luvchi toklardan muhofaza etish uchun xarajatlar kam bo‘lishi kerak.
Quyida aloqa trassasidagi kabellarni boshqa inshoatlar bilan minimal yaqinlashish 
masofasi keltirilgan: 
1. Ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha:
• daryolardan – 100 m; 


• avtomobil va temir yo‘llar chetidan – 5 m; 
• shahar tashqarisidagi neft quvuridan – 10 m; 
• shahardagi gaz quvurlari va issiqlik quvurlaridan – 1 m; 
• shahardagi uylarni qizil chizig‘idan – 1,5 m;
Trassani tanlash jarayonida qidiruv ishlari ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi 
bosqichda kartograf materiallari, adabiyot va boshqa manbalardan, ya’ni arxiv 
materiallaridan foydalaniladi. Bunda asosan joyning relyefi, yer osti inshootlari, 
daryolar va yer osti suvlari, korroziya beradigan yerlar o‘rganiladi. Keyin esa trassa 
o‘tadigan variantlar kartaga belgilanadi.
Ikkinchi bosqich ishlari o‘z ichiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri shu joylarga tegishli bo‘lgan 
yerlarda olib boriladi, unda trassani tanlash va korrektirovka qilish ishlari bajariladi va 
unda birinchi bosqichda olib borilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Buning uchun 
regenerasiya punktlarini joylashtirish uchun kerak bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan 
trassaning yo‘nalishi kelishtiriladi. Yer qa’rining xarakterini aniqlash uchun har bir 
kilometrda chuqurligi 1,2 metrgacha qazish (shurflash) ishlari olib boriladi. Agar yer 
osti inshoatlari liniya trassasi bilan kesishadigan bo‘lsa, u holda shu kesishadigan 
inshoatga taa’luqli tashkilotlarining vakili qatnashgan holda izlanuv ishlari olib boriladi. 
Bundan tashqari yerning o‘tkazuvchanligi ham o‘lchanadi. Qurilish ishlarini bajarish 
uchun qurilish rejalari tuziladi va bunda qayerga qanday materiallarni jamlash va 
kerakli asbob anjomlar yig‘ish omborxona joylari tayinlanadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling