Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
 


Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi tashkil boʻlgan 
viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat 
respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida 
joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va 
shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston 
bilan tutash. 
Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng 
boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini 
egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni 
egallagan. 
Aholi soni—2016 yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni 3 million 590 ming 
kishi (o‘rtacha aholi 3mln 596,6 kishi).Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada 
birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi. 
Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha 
Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu 
viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, 
Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, 
Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular 
(Samarqand va Kattaqoʻrgʻon. 
Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy 
shahri boʻlib, u 1924–1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan. 
2. Aloqa liniya inshoatlarini loyihalashtirish
 
 
Aloqa tarmoqlarining – eng murakkab, qimmatbaho qismini liniya inshoatlari 
tashkil etadi. Liniya inshoatlariga ketadigan harajatlar umumiy harajatlarning 60…70% 
tashkil etadi. 
Aloqa liniya inshoatlarining loyixasi texnik–iqtisodiy hujjatlarning kompleksi 
hisoblanib, texnik va iqtisodiy tomonlari bir–biri bilan chambarchas 
bog‘langandir.Unda loyixalashtirilayotgan liniya inshoatlarining qurilishi texnik va 
iqtisodiyiy tomondan hisoblab chiqilib yechimlari grafik va chizma ravishda 
tasvirlanadi. Loyihalashtirishda faqatgina liniya inshoatlari bo‘lmasdan unda ma’lum bir 
ob’yekt binolari, tarmoqning liniya qurilmalari ham ko‘rsatilishi lozim. 
Aloqa liniyalarini loyihalashtirishda asosiy e’tibor qurilish va liniya 
ekspluatasiyasiga ketadigan sarf harajatlarni kichik bo‘lishi, qurilish ishlari yuqori 
sifatli, hamda aloqa liniyalari ishonchli va sifatli ishlashi lozim. 


Ishlab turgan tarmoqlar qayta qurilishi va yangi qurilish ishlarini loyihalashtirish 
asosan respublikamizning Aloqa loyihalashtirish instituti tomonidan olib boriladi. 
Bundan tashqari maxalliy tarmoqlarni loyihalashtirish ishlari “O‘zbektelekom” AJ 
tasaruffidagi viloyat telekom filiallarining loyihalashtirish–konstruktorlik bo‘limlari 
ham olib borishlari mumkin. Bundan tashqari Respublikamizda “Aloqainvest” qurilish 
kompaniyasi tasaruffidagi maxsus loyihalashtirish institutlari kelishgan holda 
loyihalashtirish va izlanuv ishlari va loyixalarni joylarda kelishilgan holda ham olib 
borishlari mumkin.
Loyixa tayyorlash uchun buyurtmachi tomonidan loyihalashtirish institutlariga 
ariza berilgandan so‘ng, har bir loyixa uchun loyixa bosh muxandisi tayyorlanadi. 
Loyixa bosh muxandisining ish faoliyati, xuquqi, majburiyatlari va javobgarligi institut 
tomonidan tayyorlangan qonun qoidalari asosida olib boriladi. Loyihalashtirish ishlarini 
bajarish uchun asos loyihalashtirish vazifasi bo‘lib, u buyurtma beruvchi korxona 
tomonidan beriladi. Berilgan bunday vazifa loyixani boshqa korxonalar bilan kelishiladi 
va kelishilgan tartibda tasdiqlanadi. Loyihalashtirishning texnologik jarayoni tartib 
qoida asosida olib boriladi, loyihalashtirish avval iqtisodiyiy tomondan asoslash 
bo‘yicha olib borilib, unda qurilishda qo‘llaniladigan materiallarning mavjudligini 
rejalash asos qilib olinadi. Optimizasiya (yoki variant tanlovi) jarayonida loyixalarni 
optimal, ixtiro yechimlari asosida olib borilishi kerak. Bunda bir nechta variant 
loyixalari ishlab chiqarilib ular namunaviy loyixa bilan solishtiriladi, undan keyin esa 
optimal yechimlar asosida loyixa tanlanadi. Ushbu individul loyixa ishi tolali optik 
aloqa liniyalarini loyihalashtirishda texnik yechimlar, uning iqtisodiyiy samaradorligi 
xususida bo‘ladi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling