1-mavzu. Fanning tarkibi, mazmuni, maqsadi, vazifasi va predmeti. Тransport vositalarining texnik holati va ishlash qobiliyati. Transport vositalari detallari va birikmalarining ekspluatasiya jarayonida o`zgarishi - 1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti .
- 1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari.
- 1.3 Ishonchlilikni iqtisodiy jihati.
- 1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati.
- 1.5 Тransport vositalarining texnik holati va ishlash qobiliyati tushunchalari va ko’rsatkichlari.
1.6 Buzilish va nosozlik. - 1.6 Buzilish va nosozlik.
- 1.7 Buzilishlar tasnifi.
- 1.8 Buzilishlarning transport jarayoniga ta’siri.
- 1.9 Тransport vositasi detallarining eskirishi, zanglashi, yemirilishi.
- 1.10. Ishqalanish va uning turlari.
- 1.11. Yeyilish va uning tasnifi.
- 1.12. ТV detallari yeyilishining xarakterli qonuniyatlari.
-
- 1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti
- Тexnik taraqqiyot “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani oldiga transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ularning ekspluatatsiyasi, og’ir sharoit va favqulodda vaziyat vujudga kelgandagi ish qobiliyatini ta’minlash, texnik holatini diagnostikalash, prognozlash (oldindan aytib berish) hamda eng optimal (oqilona) konstruksion yechimlarni topish bo’yicha vazifalarni qo’yadi.
“Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani texnik qurilma va tizimlar sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish qonunlarini, texnik holatini diagnostikashni o’rganadi va shu asosda eng kam sarf-harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi. - “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani texnik qurilma va tizimlar sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish qonunlarini, texnik holatini diagnostikashni o’rganadi va shu asosda eng kam sarf-harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
- Ishonchlilik muammolarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- — transport vositasi (obyekt) ekspluatatsiyasi jarayonida boshlang‘ich parametrlarning o‘zgarishi vaqt omili orqali baholanadi;
- — obyektning texnik holati uning chiqish parametrlari (sifat ko‘rsatkichlari)ni saqlab qolish nuqtayi nazaridan prognoz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |