3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja
Transport huquqining predmeti, tushunchasi
Download 14.83 Kb.
|
3-ma`ruza. Mavzu Transport huquqining manbalari. Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport huquqining boshqa huquq sohalari bilan o’xshash va farqli jihatlari.
- Transport huquqi
3. Transport huquqining predmeti, tushunchasi.
Transport huquqining predmetiga ta’rif berish uchun avvalo, bu huquq sohasi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatini anglamoq zarur. Masalan, temir yo’l transportida yuzaga keladigan munosabatlarning bosh xususiyati yuklar, yo’lovchilar va bagajlarni eltib berish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatishda namoyon bo’ladi. Biroq transport huquqi faqat temir yo’l transportida yuzaga keladigan munosabatlarnigina emas, balki transportning boshqa sohalarida yuzaga keladigan munosabatlarni ham tartibga soladi. SHunday ekan, transport huquqining predmeti – bu transport korxonalari bilan mijozlar o’rtasida xizmatlar ko’rsatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Transport huquqining boshqa huquq sohalari bilan o’xshash va farqli jihatlari. Moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatida transportning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yangi moddiy boyliklar yaratmaydi va Shuning uchun jamiyatdagi mavjud boylikni ko’paytirmaydi. Yuklarni yoki odamlarni ma’lum bir hududdan o’zga bir hududga eltib qo’yishni transportning mahsuloti deb atash mumkin. Transport ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlashning barcha turlarini qamrab oluvchi mamlakat iqtisodiyotining bog’lovchi qismidir. Transportning izchil va bir maromda ishlashi mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishida, o’z navbatida mamlakat iqtisodiyotining ham izchil va bir maromli ishlashida ulkan ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo’lga kiritib bozor iqtisodiyoti asoslarini qurishga kirishganidan so’ng, transport sohasi bilan bog’liq munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Transport ishlab chiqarishning mustaqil tarmog’i hisoblanadi. Transport huquqi – transport korxonalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi bilan bog’liq tarzda yuzaga keladigan va transport korxonalari bilan mijozlar o’rtasida xizmatlar ko’rsatish borasida yuzaga keladigan hamda transportning har xil turlari o’rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir. Ba’zi mualliflar transportning har bir sohasini o’rganuvchi alohida huquq sohalarini, masalan, keyingi vaqtda jadal rivojlanib borayotganligi uchun havo huquqini e’tirof etish kerak deb hisoblaydilar. Dengiz transportini o’rganuvchi ba’zi olimlar dengiz transportida yuzaga keladigan munosabatlarni o’rganuvchi alohida huquq sohasi - «dengiz huquqi» haqida so’z yuritmoqdalar. Huquqiy tartibga solish predmeti va metodi bo’yicha huquq sohalarini bir-biridan farqlash umum e’tirof etilgandir. SHunday ekan, har bir huquq sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti bo’lib ma’lum bir turdagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Biroq bunday turdagi ijtimoiy munosabatlar bir qator huquq sohalarining (fuqarolik, ma’muriy, mehnat va boshqalar) ta’siri ostida rivojlanadi. Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling