3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja


Transport huquqining manbalari


Download 14.83 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2023
Hajmi14.83 Kb.
#1145326
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza. Mavzu Transport huquqining manbalari. Reja-fayllar.org

4. Transport huquqining manbalari. Transport huquqining manbasi deyilganda, davlat huquq ijodkorligi faoliyati va uning yordamida ijro etilishi barcha uchun majburiy bo’lgan qonun chiqaruvchining irodasi aks etgan yuridik shakli tuShuniladi. Transport huquqida quyidagi huquqiy manbalar mavjud ekanligini ko’rsatish mumkin: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (bu asosiy manba hisoblanadi), O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi va boshqa kodekslar, transport huquqiga daxldor O’zbekiston Respublikasining qonunlari, xususan umumiy va maxsus qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (Hukumatning) qarorlari, tegishli Nizomlar, yuridik shaxslarning ustavlari, vazirliklarning transport faoliyatiga doir buyruqlari va qo’llanmalari, sud qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar, mahalliy hokimiyat organlarining transport faoliyatiga doir qarorlari, Shuningdek huquqiy odat hamda xalqaro konventsiyalar va bitimlar.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ham eng asosiy manbalardan biridir. Yo’lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy shartlari transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan bir qatorda Fuqarolik kodeksi bilan ham belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismida «Transport vositalari ijarasi» (34-bob, 3-§), «Yo’lovchi, bagaj va yuk tashish» (39-bob), «Transport ekspeditsiyasi» (40-bob) kabi maxsus boblar mavjud.
1993 yilning 7 mayida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi halq xo’jaligi va fuqarolari ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bog’liq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Temir yo’l transportida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1999 yilning 15 aprelida O’zbekiston Respublikasining «Temir yo’l transporti to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Temir yo’l sohasidagi munosabatlar mazkur qonundan tashqari tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solinadi.
1998 yilning 29 avgustida O’zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishni maqsad qilib qo’yuvchi O’zbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to’g’risida»gi Qonuni, 1992 yilning 3 iyulida O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasining «Avtomobil yo’llari to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Transport huquqining negizi majmua xususiyatga ega. Bu negiz Shuning uchun majmuaki, unga kiruvchi normalar asosiy tarmoqlarda aks ettirilgan (transport huquqi normalarini ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, yer huquqi, protsessual huquq kabi tayanch tarmoqlarga bo’lib yuborish mumkin). SHu bilan birga, O’zbekiston transport huquqi- huquqiy normalarning katta bo’limini uz ichiga oluvchi butkul mustaqil fan hisoblanadi.
Transport huquqi predmeti yuk, yo’lovchi, bagaj tashish bilan bog’liq bo’lgan va tashish jarayonida transport tashkilotlari hamda xususiy tashuvchilar bilan mijozlar o’rtasida, bir turdagi hamda har xil transport turlaridagi tashuvchilar o’rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardir.

Nazorat savollar:
Transport tizimining huquqi va meьyoriy qonunchiligi.
Transport huquqiy munosabatlari.
Transport huquqining predmeti, tushunchasi.
Transport huquqining manbalari.
Transport huquqi.
Mulkiy munosabatlar deganda.
«Avtomobil yo’llari to’g’risida»gi Qonuni qachon qabul qilindi.
Transport huquqining boshqa huquq sohalari bilan o’xshash va farqli jihatlari.
Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga misol.

10. Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga misollar keltiring.


http://fayllar.org
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling