3-Ma'ruza. Metallar strukturasi Reja


Metallarning qayta kristallanishi


Download 413.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi413.84 Kb.
#1327133
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Ma\'ruza

3.3. Metallarning qayta kristallanishi. 
 
Deformatsiyalangan metalni yuqoriroq temperaturagacha qizdirilganda, uni rekristallanishi (qaytadan 
kristallanishi) tufayli xossasi va strukturasi birdaniga o‘zgaradi.
Rekristallanish - yangi deformatsiyalanmagan donachalarni hosil bo‘lishi va o‘sish jarayonidir. 
Birlamchi rekristallanish - deformatsiyalangan donalar atrofida yangi deformatsiyalanmagan donani hosil 
bo‘lishi va o‘sish jarayoni hisoblanadi. 
Rekristallanish markazlari dislokatsiya zichligi katta va kristall panjara ko‘proq qiyshaygan joylarda 
hosil bo‘ladi. Asosan bu markazlar deformatsiyalangan donachalar chegarasida vujudga keladi. 
Temperatura oshishi bilan yangi markazlar hosil bo‘ladi, bu markazlardan yangi donachalar o‘sadi va 
deformatsiyalangan struktura yo‘q bo‘lib ketgunicha davom etadi. Sovvuq holda deformatsiyalangan 
metalni rekristallanishi quyidagicha tushuntiriladi: deformatsiya vaqtida panjarani bir tekisda bo‘lmagan 
qiyshayishi vujudga keladi va bu yerda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni taqsimlanishi ham bir tekisda 
bo‘lmaydi. Barqaror bo‘lmagan kuchlanish tufayli qiyshaygan panjara qizdirilganda kristall panjarada 
barqaror donachalar kurtagi paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa kristall panjarani qiyshayishi to‘g‘rilanadi. 
Sovuq deformatsiyalanish oqibatida hosil bo‘ladigan strukturani qaytadan tiklashda birlamchi 
rekristallanishdan foydalaniladi. Rekristallangan donacha hosil bo‘ladigan eng kichik qizdirish 
temperaturasi rekristallanishni boshlanish temperaturasi deyiladi. Berilgan metal uchun erish 
temperaturasiga o‘xshab rekristallanishni boshlanish temperaturasi doimiy emasdir. Bu kattalik dastlabki 
deformatsiya darajasiga, qizdirish davomiyligi, metalni tozaligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Rekristallanishni boshlang‘ich temperaturasiga metalning dastlabki deformatsiyasi katta ta’sir ko‘rsatadi. 


Har xil metallar uchun rekristallanish temperaturasi turlicha bo‘ladi. Masalan, temir uchun - 450
o
C, mis 
uchun - 270
0
S, alyuminiy uchun - 100
0
S, nikel uchun - 400
0
S, molibden uchun - 900
0
S, volfram uchun - 
1200
0
S, qo‘rg‘oshin uchun esa - 30
0
S va hokazo. 
Rekristallanish temperaturasi rus olimi A.A.Bochvar tomonidan taklif etilgan formula orqali topiladi: 
Т
rek
= 0,4 * T
er 
Bu erda: 0,4 - koeffitsiyent texnik toza metallarga tegishli hisoblanadi. O‘ta toza metallar uchun 
koeffitsiyent 0,25 - 0,3 qilib olinadi, ya’ni: 
Т
rek
= (0,25 - 0,3) * T
er 
Plastik deformatsiyalangan metalning deformatsiyalanishidan oldingi strukturasini tiklash uchun, bu 
metalni rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirishni rekristallizatsion 
yumshatish deyiladi. Metallarga rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturada ishlov berish 
qizdirib bosim bilan ishlov berish deyiladi. Rekristallanish temperaturasidan past temperaturada ishlov 
berish esa sovuq holda bosim bilan ishlov berish deb ataladi. Metallarni bosim bilan ishlashga bolg‘alash, 
kiryalash, juvalash, presslash va boshqalar kiradi. 

Download 413.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling