Nyutonning uchinchi qonuni (Dinamikaning uchinchi qonuni). Biz shu paytgacha jismlar orasidagi ta'sirlashuvning faqat bir tomonini, ya'ni berilgan jismning harakatiga boshqa jismlarning ta'sirini ko‘rdik. Bunday ta'sir bir tomonlama bo‘lishi mumkin emas, ta'sirlashish doimo ikki tomonlama bo‘ladi. Bu Nyutonning uchinchi qonunida o‘z aksini topgan. Ikkita jism o‘zaro ta'sirlashayotgan holat uchun uni quyidagicha ifodalash mumkin:
Agar bir jism ikkinchi jismga qandaydir kuch bilan ta'sir qilsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga miqdor jihatdan teng va yo‘nalishi qarama - qarshi bo‘lgan kuch bilan ta'sir qiladi. To‘g‘ri va aks ta'sir qiluvchi kuchlar turli jismlarga yoki bir jismning turli qismlariga qo‘yilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |