Nyutonning uchinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi: moddiy nuqta yoki jismlarning bir-biriga ta’siri, o‘zaro ta’sir kuchlari xarakteriga ega, bu kuchlar moduli bo‘yicha teng bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgandir:
(3.5)
Misol. Ipga mahkamlangan m massali jism vertikal tekislik bo‘ylab aylanma harakat qilsin (3.2-rasm). Jismga markazga intilma kuch ta'sir qiladi, ipga esa markazdan qochma kuch ta'sir qiladi.
Nyutonnning 3- qonuniga asosan, ya'ni .
Bu kuchlar bir-birini muvozanatlamaydi (harakat mavjud), chunki kuchlar turli jismlarga qo‘yilgan.
3.3 - rasm
m1 va m2 massali jismlar bir-biriga tortishishgandagi o‘zaro ta’sirni ko‘rib chiqaylik (3.3 - rasm). va kuchlar ta’sirida jismlar va tezlanishlarga ega bo‘ladilar. Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagicha yozish mumkin:
,
yoki (3.6)
O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning olgan tezlanishlari massalariga teskari proportsional va bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |