Qarshilik kuchi - gaz va suyuqliklarning ilgarilanma harakatlarida hosil bo‘ladigan kuchdir.
Gaz va suyuqliklarda harakatlanuvchi har qanday jism qarshilikka uchraydi va bu ilgarilanma harakatni susaytirishga olib keladi. Bu kuch harakatlanuvchi jismning harakat tezligiga kuchli bog‘lanishda bo‘ladi:
bu yerda k1 – muhitni xarakterlovchi doimiylik (moy, suv, yopishqoq suyuqliklar). Bu kuch suyuqlik yoki gazning harakat tezligiga proportsional kuch bo‘lib, kichik tezliklar uchun o‘rinli bo‘ladi. Katta tezliklarda esa formula biroz boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lib, kuch tezlikning kvadratiga proportsional bo‘ladi.
Arximed kuchi - gaz yoki suyuqliklar ustunlarining har xil balandliklaridagi bosimlarning farqi hisobiga itarish kuchlari hosil bo‘ladi. Idishning shakliga bog‘liq bo‘lmaydigan, suyuqlik yoki gaz ustunining birlik yuzasiga ta’sir etuvchi bosim quyidagicha ifodalanadi:
P = F/S = mg/S = ρgh
bu yerda S – suyuqlik yoki gaz ustunining yuzasi, h – ustun balandligi, ρ – suyuqlik yoki gazning zichligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |