3-ma’ruza moddiy nuqta dinamikasi


Download 496.47 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi496.47 Kb.
#198539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Maruza(1)

Tabiatdagi kuchlar

Gravitatsiyaviy tortishish kuchi – bu ikkita moddiy jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchdir. Planetalarning harakatini tahlil qilish natijasida 1667 yilda I.Nyuton butun dunyo tortishish qonunini yaratdi. Butun dunyo tortishish qonuniga asosan m1 va m2 massali jismlar orasidagi gravitatsiyaviy tortishish kuchi jismlar massalariga to‘g‘ri proportsional va oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proportsional bo‘lib, ikki jism markazlarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi:



bu yerda g - gravitatsiyaviy doimiylik.



g = 6,6720×10-11 N m2 /kg2

Bu ta’sir gravitatsiyaviy ta’sir deb ataladi va jismlarning massalari juda katta bo‘lganda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bu ifodada massalar tortishish xususiyatini belgilagani uchun ularni gravitatsion massalar deb atashadi, ammo qiymati bo‘yicha inertsion massalarga tengdir.

Quyosh tizimidagi barcha planetalarning massalari Quyosh massasining 5 foizidan kichik bo‘lgani uchun, uning atrofida harakat qiladilar. Quyosh bilan Yer orasidagi tortishish kuchi 3,5.1022 N, Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi esa 2.1020 N ga tengdir.

Planetalar va ularning yo‘ldoshlari harakatlarini Kepler qonunlari tushuntirsa ham, ammo tortishish sababini tushuntirib beraolmaydi.

Kulon kuchi - bu ikkita q1 va q2 nuqtaviy zaryadlar orasidagi ta’sir etuvchi kuchdir:





kproportsionallik koeffitsienti, r – nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa.

Gravitatsiyaviy tortishish kuchidan farqli ravishda Kulon kuchi tortishish yoki itarish xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.

Agar zaryadlar harakatlansa, Kulon qonuni aniq bajarilmaydi, chunki zaryadlar harakatiga bog‘liq magnit maydon va uning kuchlari paydo bo‘la boshlaydi.

Kulon qonuni elektromagnit ta’sirni uzatish mexanizmini (yaqindan yoki uzoqdan ta’sirni) tushuntirib beraolmaydi. Yaqindan yoki uzoqdan ta’sir birdaniga sodir bo‘ladi, ta’sir tezligi yorug‘likning vakuumdagi tezligi bilan belgilanadi.

M.Faradey tushuntirishiga binoan istalgan elektr zaryadining atrofida mavjud bo‘lgan, moddaning alohida turi sifatidagi elektr maydoni elektrostatik ta’sir kuchini yuzaga keltiradi. Elektr maydonining kuch xarakteristikasini elektr maydon kuchlanganligi belgilaydi.

Bir jinsli og‘irlik kuchi - butun olam tortishish qonuniga ko‘ra, tabiatdagi barcha jismlar bir-birini tortishish xususiyatiga egadirlar. Bu qonunga binoan, Yer atrofidagi barcha jismlar Yerning tortish kuchi ta’sirida bo‘ladi. Yerning tortish kuchi ta’sirida hosil bo‘ladigan kuch og‘irlik kuchi deyiladi va bu kuch jismlarning erkin tushish tezlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun bu kuchni jismlarning erkin tushish tezlanishi ta’sirida paydo bo‘luvchi kuch ham deyiladi





m – jism massasi, g – erkin tushish tezlanishi. Tayanchda turgan yoki osilgan jismlarni Yer tortishishi natijasida vertikal yo‘nalgan og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi.




Download 496.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling