3-ma'ruza O’qitishning dasturiy ta’minoti Reja - Ta'limda qo'llaniladigan elektron o'quv vositalarining turlari va xususiyatlari
- Pedagogik dasturlar va ularning turlari
- Masofaviy ta’lim uchun DT
Elektron ta'limning bir necha turlari mavjud: - - o'z-o'zini o'rganish;
- - boshqariladigan o'qitish;
- -o'qituvchi tomonidan boshqariladigan mashg'ulotlar;
- - o'rnatilgan ta'lim;
- - telementorlik va masofaviy o'qitish.
O'quvchilarga asoslangan elektron ta'limning maqsadi : Yuqori samarali ta'lim bilimlarini mustaqil o'quvchilarga o'tkazishdir. Ushbu tur ba'zan oflayn yoki o'z-o'zidan boshqariladigan elektron ta'lim deb ataladi. Fan mazmuni veb-sahifalar, multimedia taqdimotlari va veb-serverda joylashtirilgan va boshqariladigan boshqa interaktiv o'quv kontentidan iborat bo'lishi mumkin. Elektron ta'lim uchun zarur bo'lgan texnologiyalar - Boshqariladigan eLearning kurslari masalan, Self-Learning kurslari veb-kontentga asoslanadi va shuningdek, o'qituvchi tomonidan boshqariadigan eLearning kurslariga xos bo'lgan hamkorlik xususiyatlaridan foydalanadi.
- Ular qat'iy jadvaliga rioya qila olmaydigan, lekin boshqa talabalar bilan bahslashish va fasilitator bilan muloqot qilish orqali o'rganishni xohlaydigan o’quvchilar uchun juda mos keladi.
- Ushbu darslar video va audio konferentsiya, chatlar, ilovalarni almashish, so'rovnomalar, doskalar va smartfon kabi real vaqtdagi turli texnologiyalardan foydalanadi.
- Forum, chat, wiki, bloglar va boshqalar kabi juda ko'p miqdordagi elektron ta'lim vositalari mavjud.
- Forum - tematik muloqot. Suhbatdan farqli o'laroq, forum ma'lum bir mavzuni muhokama qiladi. Forumni manfaatlar klubi deyishimiz mumkin. Ya'ni, forum - bu Internetda bitta sevimli mashg'ulot yoki g'oya bilan birlashgan odamlar yig'ilib, o'zlarini qiziqtirgan mavzuda muloqot qiladigan joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |