Tushuncha ostiga kiritish. U yoki bu obyekt yoki munosabat berilgan
tushuncha hajmidan iborat obyektlar yoki munosabatlar to’plamiga mos ravishda
tegishliligini isbotlash faoliyati tushuncha ostiga kiritish deyiladi.
Maktabda o’quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishda isbotlashga
doir masalalarni yechish muhimdir. Ayniqsa, algebra darslarida bunday
masalalarni yechishga o’rgatish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Ko’p
qo’llaniladigan teskarisidan faraz qilish, matematik induksiya usullaridan tashqari
o’quvchilarga ba’zi o’ziga xos usullarni ham o’rgatish ularning matematik fikrlash
faoliyatlarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday usullarni 7-9-
sinf algebra darslarida foydalanish jihatlariga to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |