3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar
Download 183 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu pay. yoy tam. man
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar.
- Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bо‘linadi
- Nazorat savollari
3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar Reja: 1. Payvand yoyining turlari va yoyining statik volt-amper xarakteristikasi. 2. Payvand yoyining asosiy qismlari. 3. О‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari. 4. Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri. Tayanch so’zlar. Yorug‘lik effekti, katod, elektrod, musbat qutbi, anod, volt- amper, suyuq kо‘prikcha. Elektrodlar orasida yoki elektrod va buyum orasidagi gaz muhitida hosil bо‘lgan quvvatli turg‘un elektr zaryadsizlanishi payvandlash yoyi deb ataladi. Payvandalash yoyi katta miqdorda issiqlik energiya ajralib chiqishi va kuchli yorug‘lik effekti bilan xarakterlanadi. Payvandlash yoyi issiqlik konsentrlangan manba bо‘lib, bu issiqlik asosiy materialning ham, payvandlovchi qо‘shimcha materialning ham suyuqlanishi uchun qо‘llaniladi. Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bо‘linadi: havoda yonayotgan ochiq yoy, bunda yoy zonasini gazli muhiti payvandlanayetgan metall, elektrodlar materiali va elektrodlar qoplamalari materiali bug‘larining havo bilan aralashmasi tarkibidan iborat bо‘ladi; flyus ostida yonayotgan berk yoy, bunda yoy zonasidagi gazli muhit asosiy metall, sim va himoya flyusining bug‘lari aralashmasidan iborat bо‘ladi; himoya gazlari muhitida yonayotgan yoy, bunda yoy zonasi gaz muhiti tarkibiga himoya gazining atmosferasi, simning va asosiy metall bug‘larining aralashmasi kiradi. Payvandlash yoyi ishlatiladigan tokning xiliga qarab (о‘zgarmas, о‘zgaruvchan, uch fazali) va yonish muddatiga qarab (statsionar impulsi) klassifikatsiyalanadi. О‘zgarmas tok ishlatilayotganda tо‘g‘ri va tezkari qutbli yoy bо‘lishi mumkin. Tо‘g‘ri qutblilikda kuch zanjirining manfiy qutbi – katod – elektrodda, musbat qutbi – anod – asosiy metallda bо‘ladi. Teskari qutblilikda musbat elektrodda, manfiy esa buyumda bо‘ladi. Ishlatilayotgan elektrodning turiga qarab yoy eriydigan (metall) yoki erimaydigan (kо‘mir, volfram va boshqalar) elektrodlar orasida yondirilishi mumkin. Ishlash prinsipi jihatidan yoylar bevosita, bilvosita va kombinatsiyalangan ta’sirli bо‘lishi mumkin (1.-rasm). Elektrod va buyum orasida bо‘ladigan yoy razryad bevosita yoy deyiladi. bevosita yoy ikki elektrod orasidagi yoy zaryadsizlanishidir (atomvodorodli payvand). Kombinatsiyalangan yoy bevosita va bilvosita yoylarning qо‘shilishidir. Kombmnatsiyalangan yoyga misol qilib, ikki yoyi elektrodlarni buyum bilan bog‘laydigan, uchinchi yeyi esa bir-biridan izolyatsiyalangan ikki elektrodlar orasida yonayotgan yoyni keltirish mumkin. 1 - rasm. Elektr yoy: a - bevosita ta’sir qiluvchi, b - bilvosita ta’sir qiluvchi, v - kombinatsion ta’sir qiluvchi. Yoyni yoqish uchun bevosita elektrodlar tekkiziladi yoki gugurt chaqqandagi singari surtib olinadi, yoylarning yoqilishi 2-rasmda kо‘rsatilgan. 2 – rasm. Yoy zaryadsizlanishini yoqish chizmasi: a — bevosita tegizib yoqish, b — chaqnatib yoqish Payvandlash yoyida yoy oralig‘i uch asosiy sohaga bо‘linadi: anod sohasi, katod sohasi va yoy ustuni. Yoyning yonish jarayonida elektrod va asosiy metallda faol dog‘lar hosil bо‘ladi, ular elektrod va asosiy metallning eng qizigan uchastkalari bо‘lib, yoyning hamma toki ana shu uchastkalar orqali о‘tadi. Katodda bо‘ladigan faol dog‘lar katod dog‘lari, anoddagilar esa anod dog‘lari deb ataladi. Payvandlash yoyning umumiy uzunligi (2.3 - rasm) har uchala sohaning yig‘indisiga teng: L yoy = L k +L u +L a , bu yerda L yoy – payvandlash yoyining umumiy uzunligi, sm; L k – katod sohasi (taxminan 10 -5 sm ga teng); L u – yoy ustunining uzunligi, sm; L a – anod sohasi uzunligi (taxminan 10 -3 -10 -4 sm ga teng) . 3 - rasm. Elektr yoyida kuchlanish tushishining taqsimlanish chizmasi: 1 — buyum, 2 — yoy ustuni, 3 — elektrod. Payvandlash yoyining umumiy uchlanishi yoyning har bir sohasidagi kuchlanish tushishlarini yig‘indisiga teng: U yoy = U k +U u +U a , bu yerda U yoy – yoyda kuchlanishning umumiy tushishi, V; U k – kuchlanishning katod sohasida tushishi, V; U u – kuchlanishning yoy ustunida tushishi, V; U a – kuchlanishning anod sohasida tushishi, V. Payvandlash yoyining ustunida harorat 5000 dan 12000 o K gacha bо‘ladi va yoyning gaz muhiti tarkibiga, materialga, elektrod diametriga va tokning zichligiga bog‘liq bо‘ladi. Haroratni Ukraina Fanlar akademiyasining akademigi K.K. Xrenov tavsiya qilgan formula yordamida taxminan aniqlash mumkin: T us = 810∙U ef , bu yerda T us – yoy ustunining temperaturasi, o K; U ef - ionlash effektiv potensiali. Nazorat savollari: 1.Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bо‘layotganiga qarab qanday xillarga bо‘linadi: 2.О‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyini tushintirib bering. 3.Payvandlash yoyida yoy oralig‘i necha turga bulinadi. Download 183 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling