3-ma’ruza: relyatsion ma’lumotlar bazasiga kirish reja
RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASI1
Download 60.51 Kb.
|
3-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mohiyatlar klassifikatsiyasi
3.3.RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASI1
Ma’lumotlarning rеlyatsion modеli konsеpsiyasi 1970-yildaЕ. F. Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi. Ma’lumotlarning rеlyatsion modеli asosida “munosabat”tushunchasi yotib, u inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Rеal dunyo obyеktlari haqidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modеllashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Е. F. Kodd isbotlab bеrdi. Mohiyatlar klassifikatsiyasi Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan: sterjenli; assotsiativ; tavsifiy. Shuningdek, assotsiativ mohiyatning qism sinfi bo‘lgan —belgilash ham mavjud. Sterjenli mohiyat (Sterjen) — bu mustaqil mohiyat (to‘liqta’rifi quyida ko‘rsatilgan). Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pga-ko‘p”(“birga-ko‘p” va hokazo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar, ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog‘lanishlardir. Assotsiatsiyalar to‘laqonli mohiyatlar sifatida ko‘rib chiqiladi: ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi; ular o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” quyidagi kalit atributlarni o‘z ichiga oladi: “Kod_E”, “Kod_A” va “Erkak tabel raqami”, “Ayol tabel raqami”, shuningdek aniqlovchi atributlar — “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma muddati”, “Qaydnoma manzili”,“Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami” va hokazo. Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi“ko‘pga-bir” yoki “birga-bir” bog‘lanish turi (Assosatsiyaningxususiy holi). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug‘ilishining sababi haqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega. Kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (to‘g‘rilangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hokazo. Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling