3-ma’ruza: relyatsion ma’lumotlar bazasiga kirish reja
Birga-ko‘p bog‘lanish (1:М)
Download 60.51 Kb.
|
3-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ko‘pga-bir bog‘lanish (М:1)
2. Birga-ko‘p bog‘lanish (1:М): A mohiyatning bitta vakiliga 0,1 yoki B mohiyatning bir necha vakili mos keladi.
Masalan: O‘quvchi imtihonda javob berishga 1, 2, 3, 4 yoki5 ball olishi mumkin. Xuddi shunday ikkala yo‘nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo‘lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud. 3. Ko‘pga-bir bog‘lanish (М:1) Misol. “Talaba” va “Guruh”, “Guruh rahbari”, “Fanlar” mohiyatlari orasida bo’glanishni ko’rib chiqamiz: Guruh – Guruh rahbari (1:1 bog’lanishga ega. Bunda bitta guruhga bitta rahbar tayinlanishi nazarda tutilgan) Talaba- Guruh (M:1) (Bitta guruhda masalan 20 nafar talaba o’qiydi) Talaba – Fanlar (M:N) (Bir nafar talaba ko’plab fanlarni o’rganadi va mos ravishda bitta fanni ko’plab talabalar o’rganadilar) Yuqori tartibdagi aloqalar semantikasi ba’zan juda murakkab bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan bog‘lanishlarning ko‘rgazmaliligini oshirish uchun keltirilgan misollarda atributlar mohiyati va barcha ER diagrammalardagi assotsiatsiyasi ko‘rsatilmagan. Hattobir nechtagina asosiy atributlarning kiritilishi ham ER diagrammani anchagina murakkablashtiradi. Shunga muvofiq ER diagrammalar tili bir nechta modellarni ko‘rishda va katta modellarning alohida qismlarini tasvirlashda foydalaniladi. Ko‘pincha kamroq ko‘rgazmali, lekin ancha mazmunli infologik modellashtirish tili (IMT) qo‘llaniladi, unda mohiyat va assotsiatsiyalar quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi: Mohiyat (Atribut1, Atribut2...., AtributN) Assotsiatsiya [MohiyatS1, MohiyatS2,...] (atribut1,atribut2...., atributN) Bu yerda S — bog‘lanish darajasi, atributlar esa kalitgakiruvchilardir va ular tagiga chizish orqali belgilanishi kerak. Yuqo‘rida ko‘rib chiqilgan mohiyatlar orasidagi ko‘p bog‘lanishli misoli IMTda quyidagicha tasvirlanadi: Doktor (doktor nomeri, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi,Mutaxassisligi). Bemor (qaydnoma nomeri, palata nomeri, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Manzili, Jinsi). Davolovchi doktor [doktor1, Bemor M] (doktor nomeri,Qaydnoma nomeri). Maslahatchi [doktorM, BemorN] (doktor nomeri,Qaydnoma nomeri). ER diagrammalarida bog‘lanish — bu mohiyatlar, atributlar, assotsiatsiyalar va boshqa axborot obyektlarini tasvirlovchi geometrik shakllarni bog‘lovchi tizimdir. Matnda bu atama mohiyatlarning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Agar bu o‘zaro bog‘liqlik atributlarga ega bo‘lsa u holda assotsiatsiya deyiladi. Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling