3-ma’ruza: relyatsion ma’lumotlar bazasiga kirish reja


Munosabat D1,D2,..,Dn domenlarda (ularning bari har xilbo‘lishligi shart emas) sarlavha va tanadan iborat bo‘ladi. Sarlavha


Download 60.51 Kb.
bet8/9
Sana08.03.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1248929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-MA\'RUZA

Munosabat D1,D2,..,Dn domenlarda (ularning bari har xilbo‘lishligi shart emas) sarlavha va tanadan iborat bo‘ladi.
Sarlavha A1,A2,..,An fiksirlangan atributlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular bilan, y’ani Ai atributlar va ularni aniqlovchi Di domenlar orasida o‘zaro bir xil moslik mavjud.
Tana vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi kortejlar to‘plamidan iboratbo‘ladi. Bu yerda o‘z navbatida kortej juft atributlar qiymatlari(Ai:Vi), (i=1,2,..,n) iborat bo‘ladi.
Munosabat darajasi — bu uning atributlar soni. Munosabat darajasi bitta bo‘lsa unar deyiladi. Ikkita daraja bo‘lsa — binary deyiladi. Uch daraja bo‘lsa ternar va hokazo.
Kordinal son yoki munosabat quvvat— bu uning kortejlarsoni. Kordinal munosabatlar soni vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Munosabat— bu to‘plamlardir. To‘plam esa ta’rif bo‘yicha mos elementlarni o‘ziga olmaydi. Aytaylik, R munosabatA1,A2,..,An atributlarga ega. Aytiladiki, R munosabat atributlarto‘plami K=(Ai,Aj,..,Ak) qachonki ikkita vaqtga bog‘liq bo‘lmagan shart bajarilsa kalit bo‘lishi mumkin.
Unikallik:1 ixtiyoriy berilgan vaqt momentida ikkita har xil kortejlar Ai,Aj,..,Ak lar uchun bir xil qiymatga ega emas.
Minimallik: Ai,Aj,..,Ak atributlarda birortasi unikallik buzulmasa K dan o‘chirilishi mumkin emas.
Ko‘pgina relyatsion MBBT foydalanuvchilar uchun quyidagi ekvivalent tushunchalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir:
Munosabat — jadval (ayrim holda fayl);
Kortej — qator (ayrim holda yozuv);
Atribut — ustun, maydon.
Ko‘p hollarda “Yozuv” ni “Yozuv nusxasi” deb, “Maydon”esa “Maydon nomi va turi” deb qabul qilinadi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi — bu ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi munosabatlar to‘plamiva ular MB da saqlanadi. Foydalanuvchi bunday MBni jadvallar to‘plami deb qabul qilishi kerak:
1. Har bir jadval bir xil turdagi qatordan iborat bo‘lib, uunikal (yagona) nomga ega bo‘lishi kerak.
2. Har bir qator fiksirlangan maydonlar va qiymatlariga ega.
3. Jadval qatori bir-biri bilan kamida biror-bir qiymat bilanfarq qiladi.
4. Jadval ustuni bir qiymatli nomga yuboriladi va ma’lumotlarning bir jinsli qiymatlari joylashtiriladi (sana, familiya, butunson yoki pul belgisi, yig‘indi).
5. Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlar aniq qiymatlar ko‘rinishida tasvirlanadi va ma’lumotlarni tasvirlashning bunday usuli yagona bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda jadvallarni bir-biri bilan bog‘lashning qaysidir maxsus “aloqa” vositasi yoki ko‘rsatmasi yo‘q.
6. Jadval qatorlari va ustunlari bilan ish yuritganda ma’lumotlarning qanday joylashishiga qaramasdan ular qayta ishlanishi mumkin. Bunga ko‘proq jadvallarning nomi va ularning ustunlari soni imkon beradi.
Ma’lumotlarni saqlash uchun jadvallar sonini minimallashtirishga intilish MBni yangilashda har xil muammolarga olib kelishi mumkin.Ma’lumotlarning relyatsion modeli uchun relyatsion algebra — munosab atamalida ishlashga qulay vosita mavjud.
Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaradigan ma’lumotlar ustida manipulyatsiya (ish olib boradigan) qiladigan tillaryaratilgan. Bu tillar orasida SQL (Structured Query Language — strukturalashtirilgan so‘rov tili) va QBE (Quere-By-Example —namuna bo‘yicha so‘rov) tillari eng ko‘p tarqalgan. Bu ikki tilham yuqori darajali til bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi kerakli ma’lumotlar bilan ish olib borishi mumkin.



Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling