3-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Sanoat portlovchi moddalari quyidagi belgilariga ko'ra sinflarga bo'linadi: Atrof muhitga ta'siri bo'yicha


Download 338.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi338.8 Kb.
#1367387
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza (5)

2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda portlash ishlarini olib borishga 
mo’ljallangan patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli 
zichlashtirtilgan portlovchi moddalar. 
3 guruh: suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar bo’lib, ular o’z 
navbatida quyidagi 4 ta kichik guruhlarga bo’linadi 


a) 
Quruq yoki suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida 
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallagan standart diametrli patronlar ichiga 
joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli portlovchi moddalar. Ularga 
Ammonit skalniy №1 portlovchi moddasini misol qilish mumkin. 
b) 
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan o’rtacha mustahkam tog’ 
jinslarida portlatish ishlariga mo’ljallangan standart diametrli patronlarga 
joylashtirilgan va qadoqlanmagan o’rtacha quvvatli, suvga chidamli portlovchi 
moddalar. Ularga Ammonit №6JV (etalon portlovchi modda) portlovchi moddasini 
misol qilish mumkin. 
c) 
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida 
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan standart va kichik diametrli
patronlar ichiga joylashtiriligan nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ularga 
Detonit M Detonit 10A portlovchi moddalarini misol qilish mumkin. 
d) 
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida 
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan plastik portlovchi moddalar. Ularga 
Akvanal №1, Akvanit portlovchi moddalarini misol qilish mumkin. 
3 sinf: gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda portlatish 
ishlariga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ular 3 guruhga 
bo’linadi. 
1 guruh: bo’sh tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan
suvga chidamli sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit AП 5ЖB portlovchi 
moddasini misol qilish mumkin. 
2 guruh: oltingugurt shaxtalarida portlatish ishlarini olib borishga 
mo’ljallangan sanoat portlovchi moddalari.Ularga Oltingugurtli ammonit №1ЖB 
portlovchi mioddasini misol qilish mumkin. 
3 guruh: og’ir uglevodorodlar ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lan 
shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan sanoat portlovchi 
moddalari.Ularga Neftli ammonit 3 ЖB portlovchi moddasini misol qilish 
mumkin. 
4 sinf: ko’mir va yonuvchi slanets shaxtalarida ko’mir yoki slanets changi 
ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan va metan gazi ajralib chiqishi xavfi mavjud 
bo’lmagan shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan saqlagichli 
sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit ПЖB portlovchi moddasini misol 
qilish mumkin. 
5 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida 
shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan metan gazi bilan 
kontaktda bo’lmagan sharoitlarda qo’llanilanishga mo’ljallangan saqlagichli sanoat 
portlovchi moddalari. Ularga uglenit E 6, uglenit №5 kabi nitrogliyserinli 


portlovchi moddalar hamda politelin qobiq ichiga to’ldirilgan potronli portlovchi 
moddalar kiradi. 
6 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida 
shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan metan gazi bilan 
kontaktda bo’lgan sharoitlarda qo’llashga mo’ljallangan saqlagichli sanoat 
portlovchi moddalari. Ularga shu portlovchi moddalarga politelin qobiq patron 
ichiga joylashtirilgan eritmali portlovchi moddalar kiradi. 

Download 338.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling