3-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Sanoat portlovchi moddalari quyidagi belgilariga ko'ra sinflarga bo'linadi: Atrof muhitga ta'siri bo'yicha


Download 338.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi338.8 Kb.
#1367387
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza (5)

7 sinf:metan gazi va ko’mir changi mavjud bo’lgan shaxtalarda portlatish 
ishlarini olib borishga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalar.
8 sinf: metan gazi va ko’mir changi aralashmasi portlash xavfi mavjud kon 
laxmlaridan tashqari barcha sharoitlarda maxsus portlatish ishlarini olib borishga 
mo’ljallangan saqlagichli va saqlagichsiz sanoat portlovchi moddalari. 
Ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari. 
Bizga ma’lumki ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi 
moddalar 4ta guruhga bo’linadi: 
1-guruh granulatol yuqori quvvatli sanoat portlovchi moddasi bo’lib 
granulalangan trotildan tarkib topgan. Granulalari o’lchami 3-5 mm gacha
portlovchi modda zichligi 1,35-1,4 g/sm
3

Alyumatol- granulalai trotil va 15% li alyuminiy kukuni aralashmasidan 
tarkib topgan. Shuning hisobiga uning ish bajarish qobiliyati granulatokga nisbatan 
yuqoriroq. 
Alyumatol portlovchi moddasi suv tagida ham portlatish ishlarini olib 
borishda qo’llanilishi mumkin. Grammolit 50-50B grammolitdan 30-70B 
granulali, ammiakli selitra va trotilning qaynoq eritmasi aralashmasidan tarkib 
topgan, ya’ni trotil eritmasi ammiakli selitra granulali qobig’ini suvga 
izolyatsiyasini ta’minlaydi. Grammolit 50-50B portlovchi moddasi suvli 
sharoitlarda 24 soatgacha o’z xususiyatini yo’qotmaydi, 30-70B 3 sutkagacha o’z 
xossasini yo’qotmaydi. 
2-guruh portlovchi moddalarining o’ziga xos jihati ularning tarkibida 6-
15% gacha suv bo’lishidir, bunda portlovchi modda tarkibiga suv ammiakli 
selitraning konsentratsiyalangan eritmasi ko’rinishida qo’llaniladi. Ushbu 
portlovchi moddalarga akvatol, ifzanit va karbatol portlovchi moddalari kiradi. 
Akvatol portlovchi moddalari gel ko’rinishida bo’lib polietilen qobiqli 
patronlarda massasi 17
0,25 kg dan qilib qadoqlanadi. Bunda patron diametri 
180-190 mm gacha bo’ladi. Har 2ta patron karton qutiga joylashtirilib qadoqlanadi. 
Patron uzunligi 430-485 mm gacha. Ifzanit portlovchi moddalari ammiakselitra 
granulalarining qaynoq eritmasi bilan trotilni aralashtirish orqali hosil qilinadi. 
Ushbu portlovchi modda zaryadlovchi mashinalarda tayyorlanadi va portlatish 
skvajinalariga shlang orqali qaynoq holda beriladi. Tarkibida ammiakselitra 60-


70% gacha trotil 20-25% gacha suv 6-10% gacha bo’lib uning harorati 55
0
C dan 
kam bo’lmasligi shart. 
Karbatol portlovchi moddasi va ifzanit portlovchi moddalari ammiakselitra
trotil va ammiakselitra eritmasidan tarkib topgan bo’lib, o’ta mustahkam tog’ 
jinslarida portlash ishlari olib borishga mo’ljallangan. 
Emulsiyali portlovchi moddalar bugungi kunda eng istiqbolli portlovchi 
moddalardan biri hisoblanadi. Ushbu portlovchi moddaning tarkibi ammiakli 
selitra, dizel yoqilg’isi hamda emulsiya aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya 
aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya ammiakli selitra suvdagi eritmasini 
qaynatish va uning tarkibiga har xil qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan 
tayyorlanadi. Polein kislotasi oynaning mayda zarrachalari qo’shiladi. 

Download 338.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling