3-Ma’ruza. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha Reja


Kompyuter tarmog‘i tarkibiy qismlari


Download 160.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi160.27 Kb.
#1239563
1   2   3
 
Kompyuter tarmog‘i tarkibiy qismlari 
Kompyuter tarmog‘i “tarmoq abonenti”, “stansiya” va “fizik uzatish muhiti” 
kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. 
1. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol 
qiluvchi obyektdir. 
2. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni 
bajaruvchi obyektdir. 
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari
programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo‘lishlari 
mumkin va har bir abonent stansiyaga ulanadi. 
Abonent va stansiya birgalikda “abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning 
o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak. 
3. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga 
oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. 
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni 
ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday 
komppyuter tarmog‘ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig‘indisi 
sifatida ko‘rish imkonini beradi. 
Server – tarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga 
foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni 
faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‘lishi mumkin, server uchun 
eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas.
Ajratilgan server - bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi.
Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari boshqa 
masalalarni ham hal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini 
ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. 
Kompyuter – mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter 
bir vaqtning o‘zida ham mijoz va shuningdek server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha 
server va mijozni kompyuterni o‘zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda 
ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini 
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa 
mijozdir.
Nazorat savollari: 
1. 
Тarmoqning afzalliklari nimalardan iborat? 
2. 
Kompyuter tarmog‘i tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
3. 
Kompyuter tarmoqlariga oid tashkilotlar haqida bilimlaringizni izohlang. 
4. 
Kompyuter tarmog‘ining tarkibiy qismlarini izohlang. 

Download 160.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling