3-Ma’ruza. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha Reja
Kompyuter tarmog‘i tarkibiy qismlari
Download 160.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “abonent tizimi“
- Ajratilgan server
- Nazorat savollari
Kompyuter tarmog‘i tarkibiy qismlari Kompyuter tarmog‘i “tarmoq abonenti”, “stansiya” va “fizik uzatish muhiti” kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. 1. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi obyektdir. 2. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni bajaruvchi obyektdir. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo‘lishlari mumkin va har bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda “abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak. 3. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog‘ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig‘indisi sifatida ko‘rish imkonini beradi. Server – tarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‘lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server - bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin. Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham mijoz va shuningdek server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va mijozni kompyuterni o‘zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir. Nazorat savollari: 1. Тarmoqning afzalliklari nimalardan iborat? 2. Kompyuter tarmog‘i tarixi haqida nimalarni bilasiz? 3. Kompyuter tarmoqlariga oid tashkilotlar haqida bilimlaringizni izohlang. 4. Kompyuter tarmog‘ining tarkibiy qismlarini izohlang. Download 160.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling