3-Ma’ruza. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha Reja


Download 160.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi160.27 Kb.
#1239563
1   2   3
INTERNET – International Network ( xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun 
dunyo kompyuter tarmog‘i. U ko‘p KTlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalarida 
ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) 
orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, ukuv yurtlari, xususiy 
korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va 
ularning shu soxadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun 
dunyo qit’alarini uziga birlashtiradi. Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlar 
CSNET, NSFNET – o‘z navbatida katta-katta tarmoqlar bo‘lib, uzlari xam bir necha 
tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilish NIC (Network 
Information Center) Stenfort universitetidagi SRI – Stanford Research Institute
ko‘pincha SRI-NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.
Internetda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd 
Protocol ) faylni uzatish, SMTP – (Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta 
uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash tizimi - DNS (Domen Name Systems) 
qo‘llaniladi.
MCI Mail – savdo –sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham Internet bilan 
bog‘langan bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini ko‘rsatadi.
NSFNET - AQShning milliy ilmiy fondi tarmog‘i, AQShdagi 1000 dan ortiq 
milliy – tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiradi. 
Amerikadagi eng yirik superkompyuterlarga ulangan bo‘lib, murakkab masalalarni 
yechishda undan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmog‘i. 
Universitetlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq hozirda 
AQSh ning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Hatto undan 
foydalanuvchilar juda ko‘payib ketgani tufayli grafikning ancha qismini UUNET 
tarmog‘iga topshirgan. UUNET tarmog‘i shu maqsad uchun ham yaratilgan.
UUNET – savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq bo‘lib, u USENET 
yangiliklarini UNIXda boshlang‘ich matnlarni olish va boshqa ishlarni bajarishni 
ta’minlaydi. U Internet bilan tamoqlararo interfeysga ega.
UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo‘lib, 
ma’lumotlar UUCP – uzatish uchun qaydnoma, kommunikatsiya maqsadlari uchun 
fayllar to‘plami, kommunikatsion dasturlar uchun esa buyruqlar to‘plamidir. Undan 


elektron pochtalar yuborish va telekonferentsiyalarda qatnashish maqsadlarida keng 
foydalaniladi.

Download 160.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling