3-Ma’ruza. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha Reja


Download 160.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi160.27 Kb.
#1239563
  1   2   3


3-Ma’ruza.
“Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha 
Reja: 
1. Fanning maqsadi va vazifalari.
2. Tarmoq texnologiyalari tushunchasi.
3. Tarmoq texnologiyalarining tuzilishi va qo‘llanilishi.
4. Fanda qo‘llaniladigan texnik uskunalar. 
Tayanch iboralar: Computer NetWork, Stansiya, Bitnet, CSNET, EARN, 
EUNET, FIDONET, INTERNET, TELNET, MCI Mail, NSFNET, USENET, 
UUNET, UUCPNET. 
Kompyuter tarmog‘i (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu 
kompyuterlar o‘rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. 
Kompyuter tarmog‘i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va 
boshqa qurilmalarning bir-biriga kabellar (yoki simsiz) bilan ulanishidan hosil 
bo‘ladigan tarmoqdir. 
Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i– aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni 
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar 
to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. 
Kompyuter tarmoqlari tarixi 
1957 yil AQSh da harbiy sohada qo‘llash uchun ARPA (Advanced Research 
Project Agency - Ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi) tashkiloti tuzildi. 1960 - yillar 
oxirida АQShning 
“Istiqbоlni bеlgilоvchi аngеntligi”ning (DARPA-Defense 
Advansed Research Project Agency) mаblаg‘i hisоbidаn birinchi milliy tаrmоq 
yarаtildi. 1969 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining mudofa vazirligi tamonidan 
tashkil qilingan ARPANET kompyuter tizimi birinchi kompyuter tarmog‘iga asos 
solib berdi, bu tarmoq hozirgi kunda juda eskirgan bo‘lib deyarli qo`llanilmaydi, 
ammo uning ham afzallik taraflari bor, uning afzalligi tarkibida turli kompyuterlar 
bilan ish olib borishligi. U keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan 
birlashtirilib, Internetning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. Hozirda u MILNET 
harbiy tarmoq sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari internetda juda ko‘plab tarmoq 
tizimlari mavjud.
Bitnet – (Because It’s Time, 1981)-bu tarmoq internetda bugungi kun tarmog‘i 
deb yuritiladi, bu tarmoqning qulaylik tarafi shundan iboratki, bu tarmoq Nyu-York 
va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Yevropa, AQSh qit’asi, Meksika va 
boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi kompyuter tarmog‘i bo‘lib, u alohida ajratilgan 
kanallar orqali aloqa bog`laydi. Bu tarmoq OSI - ochiq xalqaro bog`lanish tizimi va 
TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati shundaki uzatilgan 
axborotlar uchun haq to`lanmaydi. 
CSNET - (Computer Science Network,1981) bu tizim kompyuter va fan 
tarmog‘i deb yuritiladi, tizim ish faoliyatini faqat a’zolik badallari va xizmat uchun 
to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, 
internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasida ishlaydi. 


EARN – (European Academic & Research Network) Yevropa kompyuter 
tarmog‘iga birlashtirilgan bo‘lib, juda ko‘p ilmiy tadqiqot muassasalarini 
birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot 
almashinadi, o‘z- o‘zini xo‘jalik 3 hisobotda qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). 
Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX amaliyot tizimida 
va UUCP va TCP/IP da ishlaydi. Фидонет 
FIDONET (Amerikalik dasturchilar Tom Jennings va John Madill tomonidan 
yaratilgan, 1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida 
ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX amaliyot 
tizimida ishlaydigan kompyuterlar bilan boglanishi mumkin. Fayllarni, bildirishni va 
yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.

Download 160.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling