3-ma'ruza. Tug’ri chiziqning orthogonal proektsiyalari Reja
To'g'ri chiziqning izlari
Download 67.01 Kb.
|
3 Маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togri chiziqning haqiqiy kattaligini va uning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan ogish burchaklarini aniqlash
To'g'ri chiziqning izlari. To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan nuqtalari to'g'ri chiziqning izlari deyiladi. Ular gorizontal iz, frontal iz, profil iz deb ataladi .
Navbatdagi rasmda AB to'g'ri chiziqning izlarini qanday topish ko'rsatilgan. M1 –AB to'g'ri chiziqning gorizontal, N2 - frontal izidir (3.5-chizma).
Ixtiyoriy vaziyatdagi AB to'g'ri chiziq va P proyeksiyalar tekisligi berilgan bo'lsin. Bu yerda M nuqta AB to'g'ri chiziqning P tekislikdagi izi bo'ladi. – AB to'g'ri chiziq va P tekislik orasidagi burchakdir. AB kesmaning P tekisliqsagi A1B1 proyeksiyasi yordamida haqiqiy kattaligini topish uchun quyidagi ishlarni bajaramiz. A1B1 to'g'ri chiziq proyeksiyasining ixtiyoriy, masalan, B1 nuqtasidan A1B ga tik chiqaramiz. Bu chiziqqa A va B nuqtalardan P tekislikkacha bo'lgan masofalar ayirmasi (LBB1 - LAA1) ni o'lchab qo'yamiz. Hosil bo'lgan B0 nuqtani A1 nuqta bilan tutashtiramiz. Hosil bo'lgan A1B0 to'g'ri chiziq AB to'g'ri chiziqning haqiqiy kattaligidir. BiA1B0 bo'lsa to'g'ri chiziqning tekislik bilan hosil qilgan burchagidir (3.6-chizma). To‘g‘ri chiziq kesmasining proyeksiyalari Fazodagi biror a to‘g‘ri chiziqning H, V va W proyeksiyalar tekisliklaridagi ortogonal proyeksiyalarini yasash uchun uning A va B nuqtalarining ortogonal proyeksiyalari yasaladi. So‘ngra bu nuqtalarning bir nomli proyeksiyalari o‘zaro tutashtiriladi. Natijada AB kesmaning AB gorizontal, AB frontal va AB profil proyeksiyalari hosil bo‘ladi. H, V va W proyeksiyalar,tekisliklar sistemasida to‘g‘ri chiziq ko‘pincha ikki nuqtaning proyeksiyalari yoki nuqtalar koordinatalari orqali beriladi. AB to‘g‘ri chiziq-kesmasi proyeksiyalar tekisliklarining har biri bilan ixtiyoriy o‘tkir burchak hosil qiladi. Bunday to‘g‘ri chiziq H, V va W proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq deyiladi. Bunday to‘g‘ri chiziq kesmasi har uchala proyeksiyalar tekisliklariga ham o‘zining xaqiqiy uzunligidan kichraytirib proyeksiyalanadi . Download 67.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling