3-ma’ruza zamburug`lar. Suv o’tlar


Download 123.16 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi123.16 Kb.
#267145
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA’RUZA.pptx-oxirgi.

3-MA’RUZA

ZAMBURUG`LAR. SUV O’TLAR.


Reja:
  • Zamburug’larni tabiatda uchirashi, ular haqida tushuncha.
  • Zamburug’larni tuzilishi va ko’payishi.
  • .Ayrim zamburug’larning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati va o‘stirish usullari.
  • Suv o’tlarini tuzilishi va oqsil manbai sifatida.
  • Mikroorganizmlardan sanoat asosida foydalanishning zamonaviy usullari.

Zamburug’larni tabiatda uchirashi, ular haqida tushuncha.

Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi.

Tuproqda xilma-xil zamburug’lar guruhi uchraydi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi.

Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Zamburug’lar tuproqda yashab uni chirindi moddalar bilan boyitadi, tuproq hosildorligini oshiradi, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalarni yetkazib beradi. Zamburug’lar juda keng tarqalgan bo’lib, ko’proq o’rmonlarda uchraydi.

Mikoriza – yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko’pchilik o’simliklar tuproqdagi zamburug’lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitseliysi o’rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildizning ichki to’qimalariga kirib oladi.

Zamburug’lar inson uchun ikkita muhim, bir-biriga zid bo’lgan – yemiruvchi, lekin foydali vazifani bajaradi. Zamburug’lar chiqindilarni parchalab, ularning ko’payishiga imkon bermaydi. Shuningdek, ular o’simliklar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mineral tuzlarni tuproqqa qaytaradi. Ayrim zamburug’lardan ko’plab kasalliklarga davo bo’luvchi dorivor moddalar olinadi. Zamburug’ning o’simlik va hayvonlarni kasalga chalintiruvchi ayrim turlarini zararsizlantirish uchun inson doim ularga qarshi kurash olib boradi.

Zamburug’lar boshqa o’simliklar yordamida ko’payadi. Boshqa o’simliklar ozuqa uchun xlorofill ko’magida karbonat angidrid va suvdan shakar ishlasa, xlorofillsiz zamburug’lar bunday xusususiyatdan mahrum. Shuning uchun ham ular ozuqa moddani yashil o’simliklardan oladi. Zamburug’larning turi ko’p. Ularning aksariyati tuzilish jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrim zamburug’lar, masalan bakteriya va achitqilar, bitta hujayradan iborat.

Po’panak zamburug’i non va namda qolgan matolarni chiritadi. Zamburug’larning ayrim turlari pishloqlarga o’ziga xos hid berish va dori ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Tanovul qilinishi mumkin bo’lgan va zaharli hisoblangan qo’ziqorinlar ham zamburug’lar oilasiga kiradi. Bunday qo’ziqorinlar bandininng asosiy qismi yer tagida bo’lib, tepasidagi spora ishlovchi qalpoqchasi yer yuzasiga chiqishdan oldin shakllanadi.

Zamburug’lar (micota) – tuban o’simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli-tuman bo’lgan eng katta bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya’ni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda o’simliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit zamburug’larga bo’linadi. Parazit xolda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o’lik organizm hisobiga boradi.




Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling