3-ma’ruza zamburug`lar. Suv o’tlar


Zamburug’larni tuzilishi va ko’payishi


Download 123.16 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi123.16 Kb.
#267145
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA’RUZA.pptx-oxirgi.

Zamburug’larni tuzilishi va ko’payishi.

Ko’pchilik zamburug’larning (ba’zi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, ya’ni oziqlanish substrat sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan o’sadigan ingichka ipcha – gifalardan iborat. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir hujayrali yoki ko’p hujayrali, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, bir yadroli, ikki yadroli, ko’p yadroli bo’ladi. Gifalarning eni 1 – 15 millimetr, bo’yi esa bir necha metrgacha bo’lishi mumkin. Gifalar asosan monopodial, qisman simpodial o’sadi.

Gifalarning hujayra po’sti xitin moddasidan tuzilgan. Gifalar to’planib mitseliy hosil qiladi. Zamburug’larning tanasi yoki mitseliysi substrat ichida rivojlansa, endogen mitseliy, substrat yuzasidan taraqqiy etsa ekzogen mitseliy deyiladi.

Ko’pchilik zamburug’larda endogen mitseliy uchraydi. Bunday mitseliy oziq moddalar bilan to’la taminlanishga imkon beradi, hamda ularning vegetativ tanasini haroratning keskin o’zgarishidan: sovuqda muzlab qolishidan, issiqda qurib qolishidan saqlaydi.

Mitseliy hujayralari po’st, sitoplazma va yadrodan iborat. Zamburug’larda zaxira oziq moddalar sifatida – glikogen, valyutin va moy tomchilari hosil bo’ladi.

Ayrim zamburug’larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo’lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mitseliy gifalarining o’zaro zichlashib, birikib o’sishidan hosil bo’ladi.

Ko’p zamburug’larning mitseliysi noqulay sharoitda tinim davrini o’taydi va bu davrga o’tish oldidan birmuncha quriydi. Shu bilan unda fermentatsiya jarayonlari ham to’xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda mitseliy yoki mevatana hosil bo’ladi.

Zamburug’larda qoplovchi, o’tkazuvchi to’qimalar bo’lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to’qima, ba’zilarida sutli naylar bo’ladi. Chiqaruvchi to’qimada oshlovchi modda – dubil, hamda smolaga o’xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaharli modda – alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug’lar bir yillik, ikki yillik, hamda ko’p yillik bo’ladi. Zamburug’larning ko’pchiligi ikki yillikdir. Mitseliylarning asosiy qismi substrat orasida joylashib, osmos qonuni asosida oziq moddalarni so’rib oladi.

Hujayrasi qobig’ining kimyoviy tarkibi bir xil emas. Po’st hech qachon sellyulozali bo’lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo’ladi. Ularda bir nechta yadro bo’ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o’rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Hujayrada ozuqa modda sifatida glikogen va yog’ tomchilari to’planadi.

Alohida tuzilmalar – mevatanalar ko’payish funksiyasini bajaradi. Parazit zamburug’larda – gaustoriya hosil bo’ladi.




Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling