3-ma’ruza zamburug`lar. Suv o’tlar


Suv o’tlarini tuzilishi va oqsil manbai sifatida


Download 123.16 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi123.16 Kb.
#267145
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA’RUZA.pptx-oxirgi.

Suv o’tlarini tuzilishi va oqsil manbai sifatida.

Suv o‘tlari — tabiatda uchraydigan eng ajoyib va foydali mahsulotlar hisoblanadi. Suv o‘tlari noyob foydali moddalarga juda boy bo‘lgani tufayli ular keng ko‘lamli foydali xususiyatlarga ham egadir.

Suv o‘tlarining foydali xususiyatlari

Qonni tozalash: Suv o‘tlarining kimyoviy tarkibi odam qoni plazmasi bilan juda o‘xshash, shuning uchun suv o‘tlari qonni tozalash va undagi balansni muvozanatlash xususiyatiga ega.

Kalsiy manbai: Suv o‘tlarida sutdagidan 10 marta va go‘shtdagidan esa 8 marta ortiq kalsiy moddasi mavjud.

Ishqorlanish: Suv o‘tlari kislotalilikni me’yorda saqlagan holda qonning ishqorlanishini oshirish xususiyatiga ega.

Antioksidantlar: Suv o‘tlari tarkibida saraton kasalligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, antioksidant xossasiga ega bo‘lgan lignan (fitogormon)lar mavjud.

Dunyoni ko‘plab mamlakatlarida bir hujayrali suv o‘tlari: Chlorella va Scenedesmus Shuningdek, Spirulina avlodiga mansub ko‘k-yashil suv o‘tlardan ozuqa oqsili tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalanib, karbonat angidrid, suv va mineral moddalardan oqsil va boshqa organik moddalar sintez qiladilar. Ularni o‘stirish uchun ko‘p miqdorda suv. Kerakli miqdorda yorug‘lik va harorat bo‘lsa kifoya. Issiq, janubiy mintaqalarda suv o‘tlarini ochiq xavzalarda o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, yopiq, yarimsteril holatda o‘stirish yuqori sifatli oqsil moddalari va boshqa organik moddalar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Xlorella va ssenedemus avlodlariga mansub suv o‘tlar o‘zlarini o‘sishilari uchun neytral muhitni talab qiladilar, ularni xujayra qobiqlari mustahkam sellyulozadan tashqil topganliklari uchun ham hayvon organizmida yaxshi xazm bo‘lmaydi. Ularni yaxshi bo‘lishlari uchun mahsus ishlov berishni talab qilindi.

Spirulinalar hujayralari xlorellaga nisbatan 100 marotaba kattaroq, ammo qalin sellyuloza qobig‘i bo‘lmaganligi uchun ular organizmda yaxshi so‘riladilar. Spirulinalar ishqoriy muhitda o‘stiriladi (pH 10-11), tabiatda ham ishqoriy ko‘llarda yoki havzalarda ko‘proq tarqalgan.

Suv o‘tlari biomassa to‘plash tezligi bo‘yicha achitqi zamburug‘lari va bakteriyalardan pastroq bo‘lsada, qishloq xo‘jalik o‘simliklardan ancha ustunlikga ega. Ochiq tipdagi mahsus o‘stirig‘ichlarda o‘stirilganda 1 gektar maydondan yiliga 70 bonka quruq biomassa olish mumkin. Taqqoslash uchun quyidagi sonlarga e’tibor bering: 1 gektar maydondan 3-4 tonna g‘alla; 5 tonna sholi; 6 tonna – soya; 7 tonna makkajo‘xori olish mumkin xalos.

Xlorella va ssenedesmus hujayralarida oqsil miqdori (quruq massaga nisbatan) 45-55%, spirulinada esa 60-65% tashkil etadi. Suv o‘tlaridagi oqsil tarkibidagi almashmaydigan aminokislotalar miqdoriham baland, faqat metionin kamroq xalos. Suv o‘tlarida to‘yinmagan yog‘ kislotalari ham ko‘proq sintez bo‘ladi (ba’zi birlari almashmaydigan yog‘ kislotalari safiga kiradi).

Suv o‘tlari hujayralaridan oqsil massasi olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: mahsus tanlangan shtammni o‘stirish (ochiq yoki yopiq tipdagi o‘stirgichlarda); suv o‘tlarini suvdan ajratish (separatsiya); suspenziya holatidagi mahsulot olish; pastasimon yoki quruq poroshok holatidagi mahsulot tayyorlash. Suv o‘tlari hujayralarini suvdan ajratish, ko‘p miqdorda energiya talab qilayotgan jarayondir.

Suv o‘tlari o‘stirish usqurmasini uzunligi 10 metr, eni 2 metr, chuqurligi 30 smli ohur (lotok) shaklidagi o‘zidan suv o‘tkazib yubormaydigan usqurmada 15 sm chuqurlikda 3 tonna xlorella suspenziyasi etishtirish mumkin. Buning uchun usqurmaga 3 tonna suvga 600 g ammoniyni sulfatli tuzi, 90 g kaliy digidrofosfat, 240 g magniyni sulfatli tuzi, 300 g natriy gidrokarbonat va 3-5hilmikro elementlar qo‘shib eritiladi va unga 30 l 1—15 kun davomida o‘stirilgan xlorella suspenziyasi qo‘yilib, suvni mahsus nasos yordamida aralashtiriladi, o‘stirish davomida karbonat angidrid (CO2) mahsus balonlarda minutiga 0,1-0,2 l miqdorda rotometr orqali yuborib turiladi. o‘zbekiston sharoitida tabiiy quyosh yorug‘ligietarli bo‘lib, harorat 16 dan 390C orasida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Oradan 9-10 kun o‘tgach (yoz kunlari 6-7 kunda) 1 l ozuqa muhitida 1,5-3 gramgacha xlorella hujayralari saqlagan suspenziya etilib tayyor bo‘ladi. Xlorellani qish faslida ham o‘stirib, foydalanishga ehtiyoj bo‘lganda, dastgohni ustini oyna yoki polietilenkasi bilan yopish kifoya.

Spirulina suv o‘tining biomassasi oshqozon fermentlari tomonidan yaxshi parchalanishi hamda undagi oqsil miqdorijuda ham baland bo‘lib (70 % gacha), organizm uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarga boy bo‘lganligi sababli, u oqsilga boy bo‘lgan konditer taomlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Spirulina servitamin va noyob yog‘ kislotalar manbai sifatida, tabletka holatida tibbiyotda ham ishlatilib kelinmoqda.




Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling