3-mashg’ulot Mavzu: Introduksiya qilingan o‘simliklarning urug‘ biologiyasini
Download 370.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-amaliy mashgulot topshirigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endospermsiz urug’lar
- Ishni bajarish bosqichlari
Perispermli urug’lar. Bunday urug’da zahira moddalar urug’kurtak
nusellusida hosil bo’lib, perispermada to’planadi. Perispermali urug’lar ikki pallali o’simliklarga xos bo’lib, qoramurch, lavlagi, qalampirmunchoq urug’lari perispermalidir. Endospermsiz urug’lar. Bunday urug’da zahira moddalar murtakning urug’barg to’qimalarida to’planadi. Urug’lar po’sti, murtak va ikkita seret urug’bargdan tuzilgan. Ikki pallali madaniy o’simliklar turlarining (qovoqdoshlar, dukkakdoshlar, murakkkabguldoshlar, ra’noguldoshlar va shunga o’xshashlarning) urug’i endospermasiz. Suv, harorat va havo yetarli bo’lsa eng qulay o’sadi. Ularning o’sishi bo’rtishidan boshlanadi. Urug’ yo’li orqali urug’ga suv shimilishi bilan fiziologik o’zgarishlar ro’y beradi, urug’ bo’rtadi. Suv va fermentlar yordamida erigan oziq moddalar murtakning o’suvchi meristema hujayralarini oziqlantiradi. Maysalar tezda o’sib, yer yuzasiga chiqadi va yashil ranga kiradi, bu yosh maysalar mustaqil yashay boshlaydi. Yashil maysalarda vegetativ organlarining joylashishi, tuzilishi, o’sishi va voyaga yetgan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlar borligi bilan tanishish mumkin. Ishni bajarish bosqichlari: Ikki pallali o’simliklarning endospermasiz urug’ining tuzilishi loviya, no’xat urug’larida kuzatiladi. Buning uchun bo’rta boshlagan urug’ni pinset bilan olib buyum oynasiga qo’yib yaxshilab ko’rib chiqiladi. Loviya urug’i buyraksimon, tashqi tomonidan qattiq urug’ po’sti bilan o’ralgan bo’ladi. Urug’ning botiq qismida urug’ choki, chokka yaqin joylashgan kichik teshikcha urug’ yo’lidir. Urug’ po’stli orqali urug’ ichiga suv kiradi. Urug’ po’stini igna uchi Bilan shilib tashlab, murtagi ajratib olinadi. Murtak ildizcha, poyacha, kurtakchadan tuzilgan bo’lib, ularning tashqi tomonidan o’rab turgan seret rangsiz barglar urug’palla barglardir. Urug’pallada zapas moddalar to’planadi. Murtakning tuzilishi urug’dan o’sgan yosh maysalarda to’liq o’rganiladi. Urug’lar o’sishi uchun normal sharoit mavjud. Namlik, temperatura va havo yetarli bo’lganda loviya, no’xat urug’lari una boshlaydi. Bunda avval boshlangich ildizcha o’sib, yosh maysalarni tuproqqa mahkamlaydi, ularni suv va mineral moddalar eritmasi Bilan ta’minlaydi. So’ng o’sib, o’ziga birikkan urug’palla bargni tuproqning yuza qatlamiga ko’tarib chiqadi: urug’palla barglar yashil rangda, qalin bo’ladi. Urug’palla barg bilan ildizgacha bo’lgan oraliq urug’palla barg osti novdacha – gipokotil deyiladi. Urug’palla barg oralig’idagi kurtakchaning o’sishidan birinchi – ikkinchi chin barg yoziladi. Urug’palla barg bilan chin bargcha oraliq – urug’palla barg usti novdacha – epikotildir. No’xat urug’ining o’sishi loviya urug’inikiga o’xshaydi. No’xat urug’ining o’sishi loviya urug’inikiga o’xshaydi. No’xat maysalarida gipokotil qisqa bo’lib, urug’palla barg tuproq ostida qoladi. Bir pallali o’simliklar urug’i endospermli urug’dir. Endospermli urug’larning tuzilishi bug’doy, arpa donida kuzatiladi. Donning tashqi tuzilishini o’rganish uchun 1- 2 kun suvda ivitilgan bug’doy yoki arpa donini buyum oynasiga qo’yib, tashqi tuzilishi kuzatiladi. Donning bir uchiga murtak joylashgan bo’lib, ikkinchi uchiga mayda tukchalar to’plangan, donning asosiy qismi endospermasidir. Endosperma bir xil parenxima to’qimalardan tuzilgan. Bu to’qimalarda kraxmal, aleyron donachalari va boshqa moddalar to’planadi. Murtak juda kichik bo’lganligidan tuzilishini yaxshi o’rganish uchun, donning uzunasiga kesimidan tayyorlangan preparat mikroskopning kichik obyektivida qaraladi. Bunda murtak boshlang’ich ildizcha, poyacha, kurtakcha, bitta urug’palla barg – qalpoqchadan tuzilganligi aniq ko’rinadi. Boshlang’ich ildizchaning uchun (o’sish konusi) koleoriza bilan o’ralgan. Koleoriza himoya funksiyasini bajaradi. Ildiz o’sishi davrida koleoptil yoriladi va uning o’sishiga imkon yaratadi. Poyacha tagidan bitta urug’palla barg – qalqoncha chiqadi, qalqoncha murtakni endospermadan chegaralab turadi va o’zidan fermentlar ajratadi, so’ruvchi to’qimalari yordamida murtakni endospermadagi organik moddalar eritmasi Bilan ta’minlaydi. Kurtakcha o’sish konus iva uni o’rab turgan boshlang’ich barglardan tuzilgan, tashqi bargi uchli bo’lib, koleoriza deyiladi. O’sish davrida koleoptil nayza shaklida tuproqni yorib, o’ziga o’ralgan boshlang’ich barglarni tuproq yuzasiga ko’taradi va o’sishni to’xtatadi. Koleoptilga o’ralgan chin barglar o’sib yashil ranga kiradi. Bir pallali o’simliklarda don o’sishi davrida boshlang’ich ildizcha o’sishdan to’xtaydi. Poyacha ostidan 2 ta va undan ortiq ildizchalar chiqadi. Yosh maysalardagi ildizlar boshlang’ich o’qshimcha ildizchalardi Topshiriq: 1. Siz tanlagan o’simlik urug’ining morfologik o’lchamlarini oling. (Ya’ni urug’ning bo’yi, eni; endospermning bo’yi, eni; murtakning bo’yi,eni uzunligini aniqlang va jadvalga joylashtiring). 2. Urug’ tarkibidagi organik va mineral moddalar borligini isbotlash uchun tajriba o’tkazing va tajribangizni izohlang. 3. Urug’larning unib chiqishi uchun qanday shart-sharoitlar zarur. Buning uchun siz qanday kichik tajribalar o’tkazishingiz mumkin. Download 370.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling