3. Matematik va purjinali mayatnik


-sinf uchun dars ishlanma tayyorlash


Download 309.13 Kb.
bet8/9
Sana27.03.2023
Hajmi309.13 Kb.
#1299048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI BF

6.10-sinf uchun dars ishlanma tayyorlash
Mavzu: GARMONIK TEBRANISHLAR

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:B1
Harakat turlarini farqlay oladi. Aylanma harakatni uzatish, gorizontal otilgan jism harakati, Galileyning nisbiylik prinsipi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati,jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi, jismlarning muvozanat shartlarini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.B1+
Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligini tushunadi va tahlil qila oladi.
Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:B1
gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini, momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar,qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi.B1+
Mavzuga doir tajribalarni o‘tkazish yo‘li bilan kattaliklarni aniqlay oladi va tahlil qila oladi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:B1
o‘quvchi jismlarning vertikal harakati, aylana bo‘ylab notekis harakat, gorizontal otilgan jismning harakati, dinamika va saqlanish qonunlarini hisoblashga doir masalalar yecha oladi, o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi, spiral prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:



  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. .
Namoyish tajribalari:
1. Vakuumda elektr toki.
2. Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.
3.Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi.
4. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Tok manbai. Milliampermetr, mikroampermetr. Voltmetr. Qarshiliklar to‘plami. Vakumli diod. Diod. Triod. Tranzistor. Neon gazi bilan to‘ldirilgan lampa. Turli kuchlanishli tok manbalari. O‘tkazgichlar. Izolyatorlar. Termometr. Tok o‘tkazgichli moddalar. Kalit. Ulashsimlari.
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Turmushda uchraydigan harakatlarning ba’zilari teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bunday harakatlar davriy harakatlar deyiladi. Davriy harakatlar orasida jismning muvozanat vaziyati atrofi da goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga qiladigan harakati ko‘p uchraydi. Jismning bunday harakati
tebranma harakat yoki qisqacha tebranishlar deyiladi. Muvozanat vaziyatidan chiqarilgan jismning o‘z-o‘zidan ichki kuchlar ta’sirida qiladigan tebranishlari xususiy (erkin) tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning siljishi (x) deyiladi. Muvozanat vaziyatdan eng katta chetlashishga tebranish amplitudasi (A) deyiladi.Mexanik tebranishlarni kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik. Bu rasmdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz harakatlana oladi, chunki sharchaning og‘irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi.
Yuk muvozanat vaziyatiga yetib kelgach, uning siljishi (x) nolga
teng bo‘lganligi uchun elastiklik kuchi nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin yuk inersiyasi tufayli chap tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchining moduli ham orta boradi. Lekin elastiklik kuchi doim yukning siljishiga teskari yo‘nalganligi uchun, u yukni tormozlay
boshlaydi. Natijada yukning harakati sekinlasha borib, nihoyat u to‘xtaydi. Endi yuk siqilgan prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchi ta’sirida yana muvozanat holati tomon harakat qila boshlaydi.
Davriy ravishda tebranayotgan tizimning vaqt davomida qaysi qonun bo‘yicha o‘zgarayotganligini aniqlash uchun voronkaga qum to‘ldirib, uni ip bilan osib, tebrantirib yuboraylik. Voronkaning tebranish jarayonida uning tagidagi karton qog‘ozni bir tekis torta boshlasak, qumning qog‘ozidagi
izning sinusoida shaklida ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Davriy tebranayotgan jismning siljishi vaqt o‘tishi bilan sinuslar yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradi.
Vaqt davomida parametrlari sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi.Demak, muvozanat vaziyatidan chiqarilgan prujinali mayatnik garmonik tebranar ekan. Sistema garmonik tebranishi uchun: 1) jism muvozanat vaziyatidan chiqarilganda unda tizimni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi ichki kuchlar hosil bo‘lishi; 2) tebranayotgan jism inertlikka ega bo‘lib, unga ishqalanish va qarshilik kuchlari ta’sir qilmasligi shart. Bu shartlar tebranma harakatning ro‘y berish shartlari deyiladi.

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:


1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
XULOSA.
Ushbu kurs ishi mavzusi jihatdan dolzarb va katta ahamiyatga ega bo’lgani uchun bo’lajak fizika o’qituvchisi sifatida yoritib berdim. Fizika darsi jarayonida o’qituvchining chuqur bilimi, pedagogik mahorati bilan bir qatorda mavzuni kompyuter texnologiyalarini qo’llab, turli xil animatsiyalar, ko’rgazmali materiallar, virtual tajribalar va multimedialar orqali o’quvchilarga tushuntirish yaxshi samara beradi.O’quvchilar tasavvurlarini kеngaytirishda va ularning bilimlarini yanada oshirishda zamonaviy tеxnologiyalarni qo’llash eng qulay vosita va unumli usul bo’lib hisoblanadi. Bu esa o’quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib xizmat etadi.
Kurs ishida:

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fan dasturi va ishchi dasturlari, adabiyotlar bilan tanishildi.

  • “Garmonik tebranishlar” bobining nazariy asoslarini o’rganildi.

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinf o’quvchilariga ’ “Garmonik tebranishlar” mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi tahlil qilindi.

  • “Garmonik tebranishlar” mavzusiga(dars ishlanma) tayyorlandi.

Internet ma'lumotlari bilan mavzuni boyitildi

Download 309.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling