3. Matematik va purjinali mayatnik


Download 309.13 Kb.
bet6/9
Sana27.03.2023
Hajmi309.13 Kb.
#1299048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI BF

Tashqi majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy chastotasiga teng bo‘lganda, tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi.


Rezonans davrida amplitudaning ortib ketishiga sabab majburlovchi kuch yo‘nalishi bilan tebranuvchi jism harakat yo‘nalishining o‘zaro mos keli- shidir.
Rezonans hodisasidan texnikada va turmushda keng foydalaniladi. Soatlarda, barcha turdagi qo‘ng‘iroqlarda, sirenalarda, pnevmatik bolg‘alarda rezonans hodisasidan foydalaniladi.Lekin rezonans hodisasi ba’zi Masalan, daryo ustiga qurilgan osma ko‘prikdan odam o‘tayotgan paytda u tebranib turadi. Undan o‘tayotgan odamning sekin yoki tez yurishiga qarab ko‘prikning tebranishi kattalashishi yoki sekinlashishi mumkin. Agar qadam bosish chastotasi, ko‘prikning xususiy chastotasiga mos kelib qolsa, ko‘prikni tutib turuvchi tortqilar uzilib ketishi mumkin.Rezonans zararli bo‘lgan hollarda uning oqibatini kamaytirish maqsadida tegishli choralar ko‘riladi. Korxonalarda dastgohlardagi qismlarning aylanishi natijasida rezonans hollarda zararlidir. bo‘lmasligi uchun bino poydevori og‘ir va katta qilib quriladi. Avtomobillardagi tebranishlarni tez so‘ndirish uchun amortizatorlar o‘rnatiladi.
Avtotebranishlar. So‘nmaydigan majburiy tebranishlarning bo‘lishi uchun tashqi davriy kuch ta’sir etib turishi kerak. Lekin sistemadagi tebranishlar tashqi davriy kuch ta’sirisiz ham so‘nmaydigan bo‘lishi mumkin. Agar erkin tebrana oladigan sistemaning ichida energiya manbayi bo‘lsa va bu manbadan tebranuvchi jismga yo‘qotgan energiyaning o‘rnini qoplash uchun zarur energiyaning kelib turishini sistemaning o‘zi rostlab tura olsa, bunday sistemada so‘nmaydigan tebranishlar yuzaga
keladi.
Mayatnikli, oddiy soat bunday tipdagi sistemaning eng sodda misolidir. Bu sistema ma’lum energiya zahirasiga, ya’ni yerdan qandaydir balandlikka ko‘tarilgan yukning potensial energiyasiga yoki siqilgan prujina energiyasiga ega.
Energiya manbayidan ta’minlanishi tufayli so‘nmaydigan tebranishlar hosil qiladigan sistemalar avtotebranishli sistemalar deb ataladi. Elektr qo‘ng‘iroq, insonning yuragini va o‘pkasini ham avtotebranishli sistema deb qarash mumkin.

Download 309.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling