3. Matematik va purjinali mayatnik
Download 233.85 Kb.
|
3. Matematik va purjinali mayatnik
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA I.KIRISH.......................................................................................................3 II.ASOSIY QISM 1.Tebranishlar xaqida umumiy ma’lumotlar………………………….5 2.Garmonik tebranishlar.……………………………………….8 3.Matematik va purjinali mayatnik……………………...............12 4.Majburiy tebranishlar.Rezonans………………………………..15 5. “Garmonik tebranishlar” bobini o’qitish metodikasi……….25 6.10-sinf uchun Dars ishlanma tayyorlash ………….29 III.XULOSA...................................................................................................30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...................................................32 KIRISH Mavzuning dolzarbligi Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umum ta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi. Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o`qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimining oshirib borilishi – o`qituvchidan o’z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim – tarbiya, ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo’llashda o’rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb – hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh vlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 - yil 7 -fevraldagi ‘’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida ‘’ gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm – fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda ilm – fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida 2020 – yilga ‘’Ilm – ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ‘’ deb nom berildi. Bugungi kundа tа’limni rivоjlаntirish bo‘yichа qo‘yilayotgаn Dаvlаt tаlаbi o‘quvchi shахsi, uning intilishlаri, qоbiliyati vа qiziqishlаrini e’tiborga olib, fаn, tехnikа vа tехnоlоgiyalаrning istiqbоlli rivоjlаnishini hisоbgа оlingаn hоldа, o‘quvchilаrdа fаnlаrni o‘rgаnishdа tаyanch vа fаngа оid umumiy kоmpеtеnsiyalаrni rivоjlаntirishni tа’minlаshdаn ibоrаt. Хususаn, fizikа tа’limi o‘quvchilаrdа fаnning tехnikа tаrаqqiyotidа vа hаyotdа tutgаn o‘rni, fаngа оid zаruriy bilimlаrni egаllаshi, оlgаn bilimlаrini hаyotgа tаtbiq etа оlish sаlоhiyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirishni ko‘zdа tutаdi. Bu mа’lum bоsqichlаrdа, 6–11- sinflаrdа fizikа bo‘limlаrini o‘rgаnish оrqаli аmаlgа оshirilаdi Yuqoridagi fikrlar shuni tasdiqlaydiki, o’qitilayotgan fan zamon talabiga mos kelishi va o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishi dolzarb masalalardan biridir. Fizika fanidan “Garmonik tebranishlar” mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinf o’quvchilari uchun o’qitishni tashkil etish dolzarb deb topildi. Download 233.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling