3. Matematik va purjinali mayatnik
Vaqt davomida parametrlari sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi
Download 233.85 Kb.
|
3. Matematik va purjinali mayatnik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. PRUJINALI VA MATEMATIK MAYATNIKLAR
Vaqt davomida parametrlari sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi.Demak, muvozanat vaziyatidan chiqarilgan prujinali mayatnik garmonik tebranar ekan. Sistema garmonik tebranishi uchun: 1) jism muvozanat vaziyatidan chiqarilganda unda tizimni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi ichki kuchlar hosil bo‘lishi; 2) tebranayotgan jism inertlikka ega bo‘lib, unga ishqalanish va qarshilik kuchlari ta’sir qilmasligi shart. Bu shartlar tebranma harakatning ro‘y berish shartlari deyiladi. Garmonik tebranishlarning asosiy parametrlari: tebranish davri T – bir marta to‘liq tebranish uchun ketgan vaqt: ; (1.4) tebranish chastotasi ν – 1 sekundda ro‘y beradigan tebranishlar soni: ; (1.5) Birligi [ν] = s–1 = Hz; c).siklik chastota – 2¶ sekunddagi tebranishlar soni: ;(1,6) Garmonik tebranishlar tenglamasi (1.2) ni (1.5) va (1.6) larni hisobga olib quyidagi ko‘rinishlarda yozish mumkin. x = Asin(ω0t + φ0) = = Asin(2πvt + φ0).(1.7)
(1.8)
(1.9)
(1.10)
Davriy tebranma harakat qiladigan jism yoki jismlar sistemasi mayatnik deyiladi. Tabiatda uchraydigan aksa- riyat tebranma harakatlar: prujinali va matematik mayat- niklarning harakatiga o‘xshash bo‘ladi. Bikrligi k bo‘lgan prujinaga osilgan m massali yukdan iborat tizimga prujinali mayatnik deyiladi (3-rasm). Osilgan yuk ta’sirida prujina x0 masofaga cho‘ziladi. Uning muvozanat sharti m ma = –kx0 (1.11) bilan aniqlanadi. Prujinani biroz x ga cho‘zib, qo‘yib yuborsak, yuk vertikal yo‘nalishda tebranma harakatga keladi. Tajriba yordamida yuk siljishining vaqtga bog‘liqligi x = Asin(ω0t + φ0) qonun bo‘yicha o‘zgarishini aniqlagan edik. Garmonik tebranayotgan jismning tezlanishini (1.10) dan tezlanishini (1.10) dan a = - ω02x ekanligini hisobga olsak, (1.10) t englik quyidagi ko‘rinishga keladi: (1.12) ga ega bo‘lamiz. Demak, garmonik tebranayotgan jismning siklik tebranish chastotasi tebranish sistemasiga kiruvchi jismlarning parametrlariga bog‘liq ekan. (1.12) prujinali mayatnikning siklik (davriy) chastotasini topish formulasi deyiladi. Tebranish davrining ta’rifiga ko‘ra dan y a’ni (1.13) Prujinali mayatnikning tebranish davri osilgan yuk massasidan chiqarilgan kvadrat ildizga to‘g‘ri, prujina bikrligidan chiqarilgan kvadrat ildizga teskari proporsional bo‘ladi. Prujinali mayatnikda energiya almashinishlarini qaraylik. Mayatnik- ning kinetik energiyasi prujinaning massasi hisobga olinmaganda, yukning kinetik energiyagasiga teng bo‘ladi. Avvalgi mavzuda tezlik = Aω0cos(ω0t + φ0) ifoda bilan aniqlanishi ko‘rsatilgan edi. U holda E’tibor bering, prujinali mayatnikning to‘la energiyasi vaqtga bog‘liq bo‘lmagan doimiy kattalik ekan, ya’ni mexanik energiyaning saqlanish qonuni bajarilishi kuzatiladi. Cho‘zilmas va vaznsiz ipga osilgan hamda muvozanat vaziyati atrofida davriy tebranma harakat qiluvchi moddiy nuqta matematik mayatnik deyiladi. Mayatnik turg‘un muvozanat vaziyatida bo‘lganda moddiy nuqtaning og‘irligi (P = mg) taranglik kuchi T ni muvozanatlaydi (4-rasm). Chunki ularning modullari teng bo‘lib, bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan. Agar mayatnikni α burchakka og‘dirsak, mg va T kuchlar o‘zaro burchak tashkil qilib yo‘nalganligi uchun bir-birini muvozanatlay olmaydi. Bunday kuchlarning qo‘shilishidan mayatnikni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi kuch vujudga keladi. Mayatnikni qo‘yib yuborsak, mayatnik qayta- ruvchi kuch ostida muvozanat vaziyati tomon harakat qila boshlaydi. 4-rasmdan Fq = P sinα = mg · sinα (1.18) ekanligini ko‘ramiz. Nyutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra, Fq kuch moddiy nuqtaga a tezlanish beradi. Shuning uchun –mg sinα = ma. (1.19) Juda kichik og‘ish burchaklarida (α ≤ 6° ÷ 8°) bo‘lganligi va Fq kuch doim siljishga qarama-qarshi yo‘nalganligi uchun (5.19) ni ma ≈ –mg ·x/e (1.20) ko‘rinishda yozish mumkin. Agar moddiy nuqtaning (sharchaning) tebranish jarayonidagi siljishini x harfi bilan belgilasak hamda a = –ω02x munosabat 0 e’tiborga olinsa, – mω2x = mg . Matematik mayatnik tebranish davrini aniqlovchi bu formula Gyugens formulasi deb ataladi. Bundan matematik mayatnikning quyidagi qonunlari kelib chiqadi: matematik mayatnikning og‘ish burchagi (α) kichik bo‘lganda tebranish davri uning tebranish amplitudasiga bog‘liq emas. matematik mayatnikning tebranish davri unga osilgan yukning massa- siga ham bog‘liq emas. matematik mayatnikning tebranish davri uning uzunligidan chiqarilgan kvadrat ildizga to‘g‘ri proporsional va erkin tushish tezlanishidan chiqarilgan kvadrat ildizga teskari proporsional ekan. Bunda matematik mayatnikning tebranishi x = Asin(ω0t + φ0) ifoda bilan belgilanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, tebranish amplitudasi yoki og‘ish burchagi katta bo‘lganda, matematik mayatnikning tebranishi garmonik bo‘lmay qoladi. Chunki, sinα ≈ ga teng bo‘lmaydi va mayatnik harakat tenglamasining yechimi sinus yoki kosinus ko‘rinishida bo‘lmay qoladi. Download 233.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling