3-Mavzi;Muskul sistemasi. Muskullarning rivojlanishi. Reja


Muskullarning rivojlanishi


Download 177.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi177.15 Kb.
#1832242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Maruza

Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida tabaqalanib 
borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning 
orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo‘ladi. Bunda avval hayot uchun eng zarur muskullar: til, 
lab, diafragma, qovurg‘alararo, so‘ngra qo‘l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. 
Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo‘ladi. Ular bolaning hayoti 
davomida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining 
taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola 
muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda – 27,2% ni, 12 yoshda – 29,4% ni, 15 
yoshda – 32,6% ni, 18 yoshda – 44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari 
yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari 
tez usadi, 6–7 yoshdan boshlab qo‘l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi 
muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12–16 
yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. yosh ortib borishi bilan muskullarning 
ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p bo‘ladi. Muskullarning 
rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 
yoshdan boshlab muskullar suet rivojlanadi. Keksayganda vazni 15–20% kamayadi. 


Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida muskullar qisqaradi. Bu 
impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet 
muskullarining uyg‘unlashgan harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning 
harakatlari tartibli bo‘ladi. Skelet muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog‘liq. Muskul 
asosan muskul tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko‘ndalang yo‘lli muskullar va 
silliq muskullarga bo‘linadi. 
Skelet muskullari butun tana og‘irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina kuchli rivojlangan 
tana a’zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini tayanch harakat sistemasi,mimika 
muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq, ko‘z, o‘rta quloq, va boshqalar tashkil qiladi. U 
somatik nerv sistemasi orqali nerv bilan ta’minlanadi. 
To‘qimaning ma’lum vaqt ichida ta’sirni juda ko‘p qabul qilib, yangi ta’sirga tayyorlanishi 
labillik, ya’ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet muskullari ta’sirga 
qancha tez javob 
qaytarsa
, vaqt birligida undan shuncha ko‘p qo‘zg‘alish o‘tadi va labilligi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Aksincha muskul ta’sirga qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo‘ladi. Bola yoshining 
ortishi bilan labillik xam orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo‘lib qoladi. Bir butun 
organizmda muskullarga juda ko‘p impulelar ketma-ket kelib turadi. Muskullar ana shu impulelarga 
javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turgapidan muskullarning shu tariqa 
qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni tetanus deb ataladi. 
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog‘liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari yig‘indisining 
ko‘ndalang kesigi diametriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Boshqacha aytganda, muskul ko‘ndalang 
kesigining diametri qancha katta bo‘lsa, muskul shuncha kuchli bo‘ladi. Muskul ishi yuk og‘irligi 
yetarli bo‘lganda juda yukrri bo‘ladi, yuk me’yoridan og‘irlashganda esa muskulning ish qobiliyati 
pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanib turilganda muskul tolalarining 
yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortadi. 9 yoshdan 12 
yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi 
va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 
yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi 
mashq qilishta, jinsga bog‘liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo‘ladi. Mashqlar ta’sirida 
muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar (yurak, o‘pka, me’da va 
boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi usadi va rivojlanadi. 

Download 177.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling